https://oz.sputniknews.uz/20220426/murmansk-viloyati-bilan-mehnat-resurslarini-jalb-qilish-va-turizm-rivojlantiriladi-24214675.html
Murmansk viloyati bilan mehnat resurslarini jalb qilish va turizm rivojlantiriladi
Murmansk viloyati bilan mehnat resurslarini jalb qilish va turizm rivojlantiriladi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Rossiyaning Murmansk viloyati bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni, shuningdek, turizm sohasida o‘zaro hamkorlikni... 26.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-26T16:28+0500
2022-04-26T16:28+0500
2023-04-05T18:37+0500
iqtisod
o‘zbekiston
mehriddin xayriddinov
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/1a/24216844_0:104:2000:1229_1920x0_80_0_0_cfa355d696da769d736df5a487872e5f.jpg
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Rossiyaning Murmansk viloyati bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni, shuningdek, turizm sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish niyatida. Bu haqda 26-aprel kuni Respublika bosh vaziri maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov Arktikani rivojlantirish vazirligi va Murmansk gubernatori bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi. “Biz hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, jumladan, turizm, savdo-iqtisodiy hamkorlikni ko‘rib chiqishdan mamnunmiz. Bu yil biz davlatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligini nishonlaymiz. Biz uchun Rossiya muhim strategik sherik”, dedi Xayriddinov.Murmansk viloyati gubernatori Andrey Chibis O‘zbekiston delegatsiyasini mintaqada qutlar ekan, hozirda Arktikada ko‘plab o‘zbekistonliklar mehnat qilayotganini ta’kidladi.Arktikani rivojlantirish va Murmansk viloyati iqtisodiyot vaziri Tatyana Russkovataqdimot chog‘ida mintaqa O‘zbekistonning ko‘plab faoliyat sohalarida hamkori bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi,chunki Arktikada muzdan xoli chuqur suv porti mavjud.Bundan tashqari, katta mineral zaxiralari, arzon elektr energiyasi, rivojlangan transport infratuzilmasiga ega.Shuningdek, vazir Murmansk viloyatining yuqori investitsion jozibadorligini, iqtisodiy barqarorligini qayd etdi.“Oxirgi ikki yil davomida biz Shimoliy-G‘arbiy va Rossiyada iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ega mintaqa sifatida yetakchilik qilmoqdamiz. Biz pandemiyadan oldin va pandemiya davrida boshlangan loyihalar reja bo‘yicha borishi, amalga oshirilishi va rivojlanish uchun yaxshi platforma yaratishga barcha sharoitlarni yaratmoqdamiz”, - deya xulosa qildi Russkova.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/1a/24216844_112:0:1888:1332_1920x0_80_0_0_466d0d044de3d5a9c0fcdc88227a6611.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, mehriddin xayriddinov, rossiya
iqtisod, o‘zbekiston, mehriddin xayriddinov, rossiya
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Rossiyaning Murmansk viloyati bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni, shuningdek, turizm sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish niyatida. Bu haqda 26-aprel kuni Respublika bosh vaziri maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov Arktikani rivojlantirish vazirligi va Murmansk gubernatori bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda
ma’lum qildi.
“Biz hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, jumladan, turizm, savdo-iqtisodiy hamkorlikni ko‘rib chiqishdan mamnunmiz. Bu yil biz davlatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligini nishonlaymiz. Biz uchun Rossiya muhim strategik sherik”, dedi Xayriddinov.
Murmansk viloyati gubernatori Andrey Chibis O‘zbekiston delegatsiyasini mintaqada qutlar ekan, hozirda Arktikada ko‘plab o‘zbekistonliklar mehnat qilayotganini ta’kidladi.
“Bizni faol o‘zaro aloqa bog‘lab turadi. Ayniqsa, Murmansk viloyati hududidagi O‘zbekiston fuqarolarining mehnati nuqtayi nazaridan. Bu birinchi navbatda, bizning yirik qurilish loyihalarimizga, masalan, Yirik qurilish markaziga taalluqlidir. O‘zaro aloqalarimiz ancha ijobiy, va samarali”, - dedi viloyat rahbari.
Arktikani rivojlantirish va Murmansk viloyati iqtisodiyot vaziri Tatyana Russkovataqdimot chog‘ida mintaqa O‘zbekistonning ko‘plab faoliyat sohalarida hamkori bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi,chunki Arktikada muzdan xoli chuqur suv porti mavjud.Bundan tashqari, katta mineral zaxiralari, arzon elektr energiyasi, rivojlangan transport infratuzilmasiga ega.
Shuningdek, vazir Murmansk viloyatining yuqori investitsion jozibadorligini, iqtisodiy barqarorligini qayd etdi.
“Oxirgi ikki yil davomida biz Shimoliy-G‘arbiy va Rossiyada iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ega mintaqa sifatida yetakchilik qilmoqdamiz. Biz pandemiyadan oldin va pandemiya davrida boshlangan loyihalar reja bo‘yicha borishi, amalga oshirilishi va rivojlanish uchun yaxshi platforma yaratishga barcha sharoitlarni yaratmoqdamiz”, - deya xulosa qildi Russkova.