Mirziyoyev Rossiya sanoat va savdo vazirini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev prinyal ministra promishlennosti i torgovli RF Denisa Manturova.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev prinyal ministra promishlennosti i torgovli RF Denisa Manturova. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2022
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya amaliy hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 26apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturovni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston-Rossiya amaliy hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
“O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, investitsiya dasturlarini amalga oshirish va yangi mahalliylashtirish loyihalarini ilgari surish, ikki mamlakat hududlari kooperatsiyasi uchrashuvning asosiy mavzusi bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, tomonlar mashinasozlik, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, kimyo va farmatsevtika tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratishgan.
Shu munosabat bilan shu kunlarda Toshkent shahrida o‘tayotgan sanoat ko‘rgazmasi doirasidagi ishbilarmonlik tadbirlarining samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya delegatsiyasi “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun Toshkentda bo‘lib turibdi.
O‘tgan yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash uchdan birga ortib, rekord daraja – 7,5 milliard dollarga yetgan. Joriy yilning birinchi oylarida savdo ko‘rsatkichlari 50 foizdan ziyodga oshgan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiya ishtirokida tashkil etilgan 2 mingdan ortiq qo‘shma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, Rossiyadan mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0