Kiyevda Xalqlar do‘stligi yodgorligi demontaj qilinmoqda

© Sputnik / Mediabankka o‘tishArka "Drujbi Narodov" v Kiyeve
Arka Drujbi Narodov v Kiyeve  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2022
Obuna bo‘lish
Kiyev meri Vitaliy Klichko Kiyevdagi "Xalqlar do‘stligi" monumenti demontaj qilinishini ma’lum qilgan edi.
TOShKENT, 26 apr - Sputnik. Kiyevda “Xalqlar do‘stligi” majmuasining bir qismi bo‘lgan rus va ukrain mehnatkashlarga o‘rnatilgan haykal demontaj qilinmoqda, deb xabar qildi Ukrainaning "Strana.ua" internet-nashri, RIA Novosti xabariga asosan.
“Kiyevda Xalqlar do‘stligi yodgorligi demontaj qilinmoqda”, — deyiladi nashrning Telegram-kanalida.
Biroz oldin Kiyev meri Vitaliy Klichko o‘z Telegram-kanalida Xreshatik bog‘ida joylashgan ushbu yodgorlik demontaj qilinishini ma’lum qilgan edi.
Ukrainada dekommunizatsiya jarayoni 2015-yil 21-mayda kuchga kirgan qonunlarning butun to‘plami bilan qonuniylashtirildi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Ukraina hukumati uzoq yillardan buyon agressiv russizlashtirish va majburiy assimilyatsiya qilish siyosatini olib bormoqda. Uning ta’kidlashicha, Rossiya Ukrainani rus tili va rus madaniyatini taqiqlamasdan, do‘stona ko‘rishni xohlaydi.
Yangiliklar lentasi
0