G‘arb Rossiya mag‘lubiyatiga pul tikkan

© Sputnik / Russian Foreign Ministry / Mediabankka o‘tishGosudarstvenniy sekretar SShA Entoni Blinken vo vremya vstrechi s ministrom inostrannix del RF Sergeyem Lavrovim na polyax Arkticheskogo soveta v Reykyavike
Gosudarstvenniy sekretar SShA Entoni Blinken vo vremya vstrechi s ministrom inostrannix del RF Sergeyem Lavrovim na polyax Arkticheskogo soveta v Reykyavike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2022
Obuna bo‘lish
Ukrainani butunlay yoqib yuborishmoqchi, biroq “rus tajovuzkorlari” emas balki, “amerikalik xaloskorlar”.
Ukrainani butunlay yoqib yuborishmoqchi, biroq “rus tajovuzkorlari” emas balki, “amerikalik xaloskorlar”. Bu Pasxa bayramidan so‘ng Kiyevda uzoq kutilgan muhtaram mehmonlarni kutib olinganda butunlay ravshan bo‘ldi.
YeI va bir qancha Yevropa davlatlari rahbarlari allaqachon Ukraina poytaxtida bo‘lib qaytishdi, endi eng asosiy xaloskorning – amerikaliklarning navbati. Bayden kelmadi, biroq ikki nafar asosiy xodimlarini: davlat bosh kotibi Entoni Blinken va mudofaa vaziri Lloyd Ostinni jo‘natdi. Ikkinchisining ukrainalik siyosatchilar va generallar bilan qadrdon birodarligi va Zelenskiyning butun mamlakat rahbariyatini amerikaliklar bilan uchrashuvga olib kelgani aks etgan kadrlar juda ahamiyatli. Biroq Blinken va Ostinning muzokaradan keyin aytgan gaplari bundanda muhimroq.
“Bu urush yana qancha davom etishini bilmaymiz. Ammo bilganimiz shuki, mustaqil va suveren Ukraina Vlamidir Putinga qaraganda hali ko‘p yashaydi. Va bizning Ukrainaga yo‘llayotgan ko‘magimiz ham butunlay g‘alaba bo‘lguncha davom etadi...”,- bu Entoni Blinkenning so‘zlari.
“Biz Rossiyaning shu qadar zaiflashishini xohlaymizki, u Ukrainaga bostirib kirganda nima qilganini endi qilolmay qolsin. Ular juda ko‘p harbiy kuchlarini yo‘qotdi va biz ular tezda kuchga kirishini xohlamaymiz”, - bu esa Lloyd Ostinning aytganlari.
“Ularning qobiliyatlari nuqtayi nazaridan g‘alaba uchun birinchi qadam- bu g‘alaba qozonishga bo‘lgan umid. Va shuning uchun ham ular bizning g‘alaba qozonishimizga ishonadi. Ishonamizki, biz-ular- agar to‘g‘ri qurol, to‘g‘ri ko‘mak bo‘lsa, va qo‘limizdan kelgancha yordam bersak g‘alaba qozonishimizga ishonamiz”.
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Liz Trassning “Putin mag‘lub va Ukraina g‘olib bo‘lmagunicha biz xotirjam bo‘lmaymiz” degan so‘zlari nimani anglatadi?
Anglo-saksonlar ularning maqsadi Rossiyaning mag‘lubiyati ekanligini vanihoyat e’lon qildi. Bu nafaqat Ukrainadagi urushni qurol-yarog‘ bilan ta’minlash orqali uzaytirish, balki mamlakatimiz va qurolli kuchlarni maksimal darajada zaiflashtirishdan iborat. Ostin to‘g‘ridan-to‘g‘ri: shu qadar zaiflashishini xohlaymizki, rus armiyasi allaqachon qilgan ishini endi bajara olmay qolsin dedi. Ya’ni xorijiy hududga hujum qila olmaydi, harbiy operatsiyalarni o‘tkaza olmaydi.
Bu holatda Ukrainaning g‘alabasi nafaqat Rossiyaning mag‘lubiyati, balki G‘arbning boshqalarning qo‘li bilan erishilgan g‘alabasi bo‘ladi. Nahotki, Moskva bunday bayonotlariga qanday javob berishini anglo-saksonlar bilmasa. Nahotki, ular uning mag‘lubiyatini o‘z maqsadi qilib olib keyin qanday bo‘lmasin o‘z yuzini saqlab qolish imkoniyatidan mahrum bo‘layotganini bilmasa.
Chunki nima bo‘lmasin, Rossiya g‘alaba qozonadi, gap g‘alabaning qadrida. Va nafaqat biz, balki Kiyev uchun ham. Anglo-saksonlarning urush alangasida Ukrainani yoqib yuborishga tayyorligiga shubha yo‘q. Biroq AQSh va Buyuk Britaniya ma’muriyati keyin nima bo‘lishi haqida o‘z xalqiga qanday tushuntirib berish haqida o‘ylab ko‘rishsa yaxshi bo‘lardi. Ya’ni, agar Ukraina mag‘lub bo‘lsa, bu Kiyevning g‘alabasiga pul tikkan AQSh bilan Buyuk Britaniyaning mag‘lubiyati ham degani.
Yoki ular mag‘lubiyatni g‘alaba sifatida ko‘rsata oladimi? Armiyasiz va dengizga yo‘li yo‘q, o‘z elitasidan nafratlanadigan, vahima kayfiyatidagi jamiyat- axir bu ham Ukrainaku, demak ruslar mag‘lub bo‘ldimi? Va Ukraina ham G‘arbdan xavfsizlik kafolatlarini olmasligi (chunki kafolatlarni kelajagi faqat Rossiyaga bog‘liq bo‘lgan davlatga hech kim bermaydi) va bu ham Moskvaning mag‘lubiyati sifatida ko‘rsatilishi mumkinmi? Muammo shundaki, bunday hiyla-nayranglar faqat sodda odamlarni aldashi mumkin, qolgan g‘arbiy bo‘lmagan dunyo shunchaki kulishi haqida gapirmasa ham bo‘ladi: G‘arbda “Rossiyaning mag‘lubiyati” deb o‘z fuqarolarini aldashga harakat qilishapti.
Demak, bundan chiqaptiki, anglo-saksonlar rostdan ham g‘alaba qilishiga ishonadimi? Axir bu reallikka to‘g‘ri kelmaydiku, hatto g‘arbning obyektiv bo‘lgan harbiy ekspertlari ham bunday ssenariyning ehtimoli haqida gapirmayapti. G‘arb umid qilishi kerak bo‘lgan yagona najot - iloji boricha harbiy harakatlarni uzaytirish. Va hatto shunda ham natija qanday bo‘lishiga shubha yo‘q.
Rossiyani mag‘lub etishning faqat bittagina real imkoniyati bor: u ham bo‘lsa uni ichkaridan yo‘q qilish. Ammo bunda G‘arbning asosiy umidi ham ish bermaydi, Vladimir Putin aytgandek, bunda hatto eng kichik muammo ham yordam bermaydi. Shu bilan birga, Rossiyaning bo‘linishidek usul anglo-saksonlarlar uchun hamon juda samarali deb hisoblansa-da, hatto ularning bunday qat’iy ishonchi ham o‘z maqsadlarini jang maydonidagi mag‘lubiyatga qattiq bog‘lash zarurligini tushuntirmaydi.
Darhaqiqat, anglo-saksonlar bunday natijaga erishish istagi bilan, jamiyatimiz birligini faqat mustahkamlaydi, chunki Ukrainadagi operatsiyani va Vladimir Putinni qo‘llab-quvvatlamaydigan odamlarning ko‘pchiligi o‘z armiyasining mag‘lubiyatini xohlamaydi. Chunki bu qanday dahshatli oqibatlarga olib kelishini yaxshi biladi. Bu xuddi G‘arbda ruscha bo‘lgan hamma narsaning bekor qilinishiga o‘xshaydi: bu bizning ko‘pchilik g‘arbcha tarafdorlarini hayratda qoldirdi va o‘z mamlakatiga bo‘lgan munosabatini qayta o‘ylab ko‘rishga majbur qildi.
Unda anglo-saksonlar “ayyor rejasining” siri nimada? Nega ular oxiri o‘zlariga zarba bo‘ladigan ishni qilyapti? Afsuski, hech qanday sir yo‘q. G‘arb yana bir marta ruslarga bo‘lgan munosabatining qurboni bo‘ldi. “Agar ruslar Kiyevni uch kunda qo‘lga olmagan bo‘lsa, ular mag‘lubiyatga uchrashi mumkinligiga ishonishdi. ( dono atlantik strateglari unutmasligi kerakki, ruslar va ukrainlar-bitta xalq. Boshqacha ekaniga qanchalik ishontirishmasin). O‘z pragmatik reallikka moyilligiga qaramay shunga ishonishdi.
Shu sababli Rossiya mag‘lubiyatiga pul tikish - bu shunchaki Ukraina kartasini uni ilhomlantirib oxirgi marta o‘ynashga urinish, imkon qadar stavkalarni ko‘tarish. Bundan ular ruslar qo‘rqishini, titrashini va o‘z maqsadidan voz kechishiga umid qilgan.
Keyin esa tuman tarqaydi va Ukraina mag‘lub bo‘lgan payt G‘arbning o‘zini oqlashga ham holi qolmagan bo‘ladi: juda ko‘plab muammolar yuzaga chiqqan bo‘ladi. Davlatning ichidagi va tashqarasidagi sinovlar ham murakkab bo‘ladi. “Nega Rossiya emas, biz yutqazdik” degan savolning javobi esa faqat bo‘lajak tarixchilar uchun qiziq bo‘lib qoladi.
Yangiliklar lentasi
0