Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

“Azovstal” zavodida yashiringan jangarilar ularni Turkiyaga evakuatsiya qilishni so‘ramoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishDim nad zavodom "Azovstal" v Mariupole.
Dim nad zavodom Azovstal v Mariupole. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2022
Obuna bo‘lish
Donesk xalq respublikasi rahbari Denis Pushilin “Azovstal”da yashiringan jangarilarularni Turkiyaga evakuatsiya qilishni iltimosqilayotganini aytib berdi.
TOShKENT, 26 apr - Sputnik. “Azovstal”da qamal qilingan jangarilar ularni qurollari bilan birga Turkiyaga chiqib ketishga imkon berishlarini so‘ramoqda, dedi Donesk Xalq Respublikasi rahbari Denis Pushilin, "Solovyev Live" ko‘rsatuvi efirida.
"Ularning vakillari bizning armiyamizga, rus harbiylariga murojaat bilan chiqishmoqda. Maqsad – taslim bo‘lish uchun yaxshiroq shart savdolashib olish. Ular talab qilishadi yoki so‘rashadi, men qaysi so‘zni tanlashni bilmayman <…> Ular Kiyevga ishonmaydilar. , ya’ni oxirgi so‘rovlarida evakuatsiya Kiyevga emas yoki Ukraina nazorati ostidagi tomonga emas, balki ular qurolsizlantirishga tayyor bo‘lgan Turkiyaga borishni istashadi, - dedi respublika rahbari.
O‘tgan payshanba kuni mudofaa vaziri Sergey Shoygu Vladimir Putinga Mariupolning ozod qilingani va Azovstalda qolgan jangarilar qurshovga olingani haqida hisobot bergan edi. Vazir zavod to‘rt kun ichida ishg‘ol qilinishi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Lekin prezident askar va ofitserlar hayotini saqlab qolish uchun hujumni bekor qilishni buyurdi, biroq "Azovstal"da “pashsha ham chiqmasligi” kerakligini ta’minlash kerakligini tayinladi.
Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, bir tomondan Kiyevdagi amaldorlar "Azovstal" yer osti inshootlarida go‘yoki ishchilar, ayollar va bolalar borligi haqida doimiy ravishda axborot tarqatayotgan bo‘lsalar-da, boshqa tomondan, Rossiyaning barcha insonparvarlik tashabbuslarini rad etmoqda.
Rossiya qurolli kuchlarining harbiy boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Mariupol shahrining o‘zida vaziyat normal holatga qaytgan. Aholi ukrain millatchilari tomondan o‘qqa tutilishidan yashirinmay, ko‘chalar bo‘ylab bemalol harakatlanmoqda. Aholiga gumanitar yordam yetkazib berilmoqda: oziq-ovqat, suv, dori-darmon va boshqa asosiy ehtiyoj mahsulotlari.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan bezorilik va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.

Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qo‘shinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yo‘q. Operatsiyaning birinchi bosqichi 25-martda yakunlandi - Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada pasaytirdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0