Andijonda ilk bor buyrak ko‘chirish operatsiyasi o‘tkazildi

© Sputnik / Kirill Shipitsin / Mediabankka o‘tishRabota oblastnoy klinicheskoy bolnisi
Rabota oblastnoy klinicheskoy bolnisi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2022
Obuna bo‘lish
Andijonda bo‘yrak ko‘chirisho‘ bo‘yicha jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi, ukaning sog‘lom bo‘yragi akasiga ko‘chirib o‘tkazildi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. 23-aprel kuni Andijonda ilk marta buyrakni ko‘chirib o‘tqazish jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Bu haqida O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, ikki bosqichli operatsiya bir vaqtning o‘zida o‘tkazilgan, ya’ni ukadan sog‘lom buyrak olinib, akasining kasallangan va o‘z vazifasini bajarmayotgan buyragi o‘rniga qo‘yilgan.
Mazkur operatsiya Andijon shahar tibbiyot birlashmasi jarrohlik bo‘limida Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori rahbarligidagi guruh hamda andijonlik malakali shifokorlar hamkorligida amalga oshirilgan.
Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda buyrak ko‘chirib o‘tkazish, jigar va o‘zak hujayra amaliyotlari kengayib bormoqda. So‘nggi yillarda 700 dan ortiq ana shunday operatsiyalar muvaffaqiyatli bajarildi. Xususan, bugungacha transplantatsiya amaliyotlari Samarqand, Namangan, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida o‘tkazilgan.
Aytish joizki, bir necha yil oldin ushbu kabi operatsiyalarni amalga oshirish uchun O‘zbkiston fuqarolari chet el davlatlariga borishiga to‘g‘ri kelar edi. 2017-yilda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston tibbiyot sohasini keskin tanqid qilgan va murakkab operatsiyalar uchun fuqarolarni chet elga borishga majburlaydigan sabablarni aniqlash, imkon qadar malakali mutaxassislarni O‘zbekistonga olib kelish, chet elga ishlaga ketgan o‘zbekistonlik shifokorlarni imkon qadar vataniga qaytarish kabi vazifalarni qo‘ygan edi.
Undan tashqari, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Rossiya orasida tibbiy ta’lim va tajriba almashish sohasida keng qamrovli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Tibbiy hamkorlik

Rossiya va O‘zbekiston orasida tibbiyot sohasida keng ko‘lamli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekistonning 9ta tibbiy oliygohi Rossiya OTMlari bilan bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura darajasida o‘nlab qo‘shma ta’lim dasturlari ochgan.

2020 yilda Rossiya ilmiy muassasalarida 300 ga yaqin o‘zbekistonlik mutaxassislar malaka oshirdi.

I.M. Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti va TTA negizida universitetlararo hamkorlik markazi ochildi.

N.I.Pirogov nomidagi Rossiya MITTUning filialini O‘zbekistonda tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0