https://oz.sputniknews.uz/20220425/xorazmda-lazgi-xalqaro-raqs-festivali-bolib-otadi-24185246.html
Xorazmda “Lazgi” xalqaro raqs festivali bo‘lib o‘tadi
Xorazmda “Lazgi” xalqaro raqs festivali bo‘lib o‘tadi
Sputnik O‘zbekiston
Tadbir YuNESKO, Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi va boshqa idoralar hamkorligida tashkil etilmoqda. 25.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-25T13:12+0500
2022-04-25T13:12+0500
2022-04-25T13:12+0500
madaniyat
lazgi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/06/20386557_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_c1523ba054a02273b8a786fd77fd2247.jpg
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. 25-30 aprel kunlari Xorazm viloyatining Xiva shahrida “Lazgi” xalqaro raqs festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, ushbu tadbir YuNESKO, Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi va boshqa idoralar hamkorligida tashkil etilmoqda. Unda 30 dan ortiq davlatdan 200 dan ortiq mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.Festival doirasida raqs san’atiga bag‘ishlangan ko‘rgazma pavilonlari, milliy cholg‘u asboblari va liboslari, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi hamda ularni Ichan-qal’a majmuasi hududida savdo qilish tashkil etilgan.Ma’lumot uchun, “Lazgi” raqs tanlovi 3 ta nominatsiya: Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi, Eng yaxshi raqs jamoasi va Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs bo‘yicha baholanadi.O‘zbek ijodkorlari Dubayda lazgi va balet aralash tomosha ko‘rsatadi – videoEslatib o‘tamiz, “Lazgi” Xorazm raqsi O‘zbekiston madaniy merosining elementi sifatida Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan. Bu haqdagi qaror 2019-yil 12-dekabr kuni YuNESKO ning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasining 14-sessiyasida qabul qilingan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/06/20386557_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_583380615a37f18873def0a411e3c3af.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, lazgi
Xorazmda “Lazgi” xalqaro raqs festivali bo‘lib o‘tadi
Tadbir YuNESKO, Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi va boshqa idoralar hamkorligida tashkil etilmoqda.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. 25-30 aprel kunlari Xorazm viloyatining Xiva shahrida “Lazgi” xalqaro raqs festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Qayd etilishicha, ushbu tadbir YuNESKO, Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi va boshqa idoralar hamkorligida tashkil etilmoqda. Unda 30 dan ortiq davlatdan 200 dan ortiq mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Festival doirasida raqs san’atiga bag‘ishlangan ko‘rgazma pavilonlari, milliy cholg‘u asboblari va liboslari, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi hamda ularni Ichan-qal’a majmuasi hududida savdo qilish tashkil etilgan.
Ma’lumot uchun, “Lazgi” raqs tanlovi 3 ta nominatsiya: Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi, Eng yaxshi raqs jamoasi va Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs bo‘yicha baholanadi.
Eslatib o‘tamiz, “Lazgi” Xorazm raqsi O‘zbekiston madaniy merosining elementi sifatida Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan. Bu haqdagi qaror 2019-yil 12-dekabr kuni YuNESKO ning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasining 14-sessiyasida qabul qilingan.