Umurzakov INNOPROM ishchirokchilarini Toshkentdan aniq natijalarsiz ketmaslikka chaqirdi

© SputnikGlavnaya plenarnaya sessiya Sentralnaya Aziya: prostranstvo texnologicheskogo proriva
Glavnaya plenarnaya sessiya Sentralnaya Aziya: prostranstvo texnologicheskogo proriva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2022
Obuna bo‘lish
Umurzakov: INNOPROM ko‘rgazmasini o‘tkazishdan maqsad aniq amaliy qarorlar va loyihalarni amalga oshirishdan iborat.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov "INNOPROM. Markaziy Osiyo" ikkinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ishtirokchilarini Toshkentdan aniq natijalarsiz ketmaslikka chaqirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, INNOPROM ko‘rgazmasini o‘tkazishdan maqsad qog‘ozlarda kelishuvlarga erishish emas, balki aniq amaliy qarorlar va loyihalarni amalga oshirishdan iborat.

“Bugun INNOPROMda O‘zbekistonning deyarli barcha mintaqalari rahbarlari yoki rahbar o‘rinbosarlari qatnashishmoqda. Barcha qarorlar bevosita ularga bog‘liq", - dedi Umurzakov.

Bosh vazir o‘rinbosari koorporatsiya va hamkorlik Markaziy Osiyo mintaqasining barcha mamlakatlari iqtisodiyoti rivojlanishi uchun o‘ta muhimligini qo‘shimcha qildi.
Toshkentda 25-27 aprel kunlari “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. U Rossiyaning Sanoat va savdo vazirligi hamda O‘zbekistonning Investitsiyalar va savdo vazirliklari tomonidan tashkil qilingan.
Ko‘rgazma va ishbilarmonlik dasturida O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Vengriya, Fransiya, Tojikiston, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘izistondan yuzlab ishlab chiqarish korxonalari va biznes delegatsiyalari ishtirok etadi.
“INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro ko‘rgazmasi Rossiya-O‘zbekiston hamkorligi va ikki tomonlama savdoni mustahkamlash va kengaytirish, Rossiyaning yuqori texnologiyali mahsulotlarini Markaziy Osiyo mamlakatlari bozoriga eksport qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 5-7 aprel kunlari tashkil etilgan “Innoprom. O‘zbekistonda yirik sanoat haftaligi” birinchi xalqaro ko‘rgazmasida Markaziy Osiyoning barcha davlatlaridan 10 mingdan ortiq vakil qatnashgan edi. Ko‘rgazma doirasida Rossiya sarmoyasi ishtirokidagi 2,2 milliard dollar miqdoridagi 33 ta loyihani amalga oshirishni boshlash bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.
Yangiliklar lentasi
0