https://oz.sputniknews.uz/20220425/rossiya-va-ozbekiston-musulmonlar-idoralari-migrantlarga-moslashishda-yordam-berishadi-24195926.html
Rossiya va O‘zbekiston musulmonlar idoralari migrantlarga moslashishda yordam berishadi
Rossiya va O‘zbekiston musulmonlar idoralari migrantlarga moslashishda yordam berishadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Moskva shahriga tashrif buyurdi va qator uchrashuvlar o‘tkazdi. 25.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-25T17:40+0500
2022-04-25T17:40+0500
2023-04-05T18:37+0500
jamiyat
o‘zbekiston
migrantlar
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/568/74/5687439_0:0:3030:1705_1920x0_80_0_0_f8fb1c400de71442e204bb933f310c64.jpg
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Elvira Sulaymankulova. O‘zbekiston delegatsiyasi Moskvaga tashrifi davomida Rossiya musulmonlari idorasi raisi muftiy shayx Ravil Gaynutdinov va boshqa diniy ulamolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.Rossiya Muftiylar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Rushan Abbasov Sputnik muxbiriga uchrashuv yakunlari haqida ma’lumot berdi.Delegatsiyaga O‘zbekiston bosh vazirining maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov boshchilik qilgan. Delegatsiya tarkibidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov hamda mamlakatning Moskvadagi elchixonasi va mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish bo‘yicha hukumat departamenti vakillari o‘rin olishgan.“Muhokamaning asosiy mavzusi – bu bizning sherikchiligimiz, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro qardosh hamkorlik, - dedi Abbasov. – Xalqlarimizni bog‘lab turuvchi umumiy rishtalar bisyor – Sovet Ittifoqi doirasidagi tariximiz, O‘zbekistonda bo‘lgan olamga mashhur islomiy diqqatga sazovor joylar. O‘zbekiston tomoni hozir ziyorat turizmini faol rivojlantirmoqda, ya’ni muqaddas islom joylariga tashrif buyurish”.Rossiya va O‘zbekiston tomoni bu yil “Ma’naviy ipak yo‘li” V xalqaro ilmiy-diniy konferensiyasini o‘tkazishni rejalashtirayotganini ham tasdiqladi. Konferansiya 2020-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq koronavirus pandemiyasi sabab ortga surilgandi.O‘zbekistonlik migrantlarga Rossiya shart-sharoitlarida moslashishiga ko‘maklashish muhokama qilingan asosiy mavzulardan biri bo‘lgan. Rossiya musulmonlari idorasining Qirg‘iziston bilan hamkorlikdagi bunday tajribasi bor. Endi orttirilgan tajribalardan foydalanish O‘zbekiston tomoniga ham taklif qilindi.Bundan tashqari, Rossiya musulmonlari idorasi raisi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga bu yil rejalashtirilgan Rossiyaga tashrif davomida Moskva jome masjidiga tashrif buyurish taklifnomasini berib yuborgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/568/74/5687439_299:0:3030:2048_1920x0_80_0_0_462206cc2fd91fb4d79c71e4b15bb0fe.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, migrantlar, rossiya
jamiyat, o‘zbekiston, migrantlar, rossiya
Rossiya va O‘zbekiston musulmonlar idoralari migrantlarga moslashishda yordam berishadi
17:40 25.04.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Moskva shahriga tashrif buyurdi va qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Elvira Sulaymankulova. O‘zbekiston delegatsiyasi Moskvaga tashrifi davomida Rossiya musulmonlari idorasi raisi muftiy shayx Ravil Gaynutdinov va boshqa diniy ulamolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Rossiya Muftiylar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Rushan Abbasov
Sputnik muxbiriga uchrashuv yakunlari haqida ma’lumot berdi.
Delegatsiyaga O‘zbekiston bosh vazirining maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov boshchilik qilgan. Delegatsiya tarkibidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov hamda mamlakatning Moskvadagi elchixonasi va mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish bo‘yicha hukumat departamenti vakillari o‘rin olishgan.
“Muhokamaning asosiy mavzusi – bu bizning sherikchiligimiz, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro qardosh hamkorlik, - dedi Abbasov. – Xalqlarimizni bog‘lab turuvchi umumiy rishtalar bisyor – Sovet Ittifoqi doirasidagi tariximiz, O‘zbekistonda bo‘lgan olamga mashhur islomiy diqqatga sazovor joylar. O‘zbekiston tomoni hozir ziyorat turizmini faol rivojlantirmoqda, ya’ni muqaddas islom joylariga tashrif buyurish”.
Rossiya va O‘zbekiston tomoni bu yil “Ma’naviy ipak yo‘li” V xalqaro ilmiy-diniy konferensiyasini o‘tkazishni rejalashtirayotganini ham tasdiqladi. Konferansiya 2020-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq koronavirus pandemiyasi sabab ortga surilgandi.
O‘zbekistonlik migrantlarga Rossiya shart-sharoitlarida moslashishiga ko‘maklashish muhokama qilingan asosiy mavzulardan biri bo‘lgan. Rossiya musulmonlari idorasining Qirg‘iziston bilan hamkorlikdagi bunday tajribasi bor. Endi orttirilgan tajribalardan foydalanish O‘zbekiston tomoniga ham taklif qilindi.
“Bu kelishuvlar o‘zining ilk samarasini berdi. O‘zbekiston vakillari Moskvadagi jome masjidida migrantlar bilan uchrashishdi. Bunga qadar ular Tula va boshqa mintaqalarga borib, u yerda ham bunday uchrashuvlar o‘tkazishdi. Biz bu yo‘nalishda tizimli ishlashga kelishib oldik”, - dedi muftiy.
Bundan tashqari, Rossiya musulmonlari idorasi raisi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga bu yil rejalashtirilgan Rossiyaga tashrif davomida Moskva jome masjidiga tashrif buyurish taklifnomasini berib yuborgan.