https://oz.sputniknews.uz/20220425/rossiya-mdh-mamlakatlarida-rubl-pozitsiyasini-mustahkamlamoqda-24184154.html
Rossiya MDH mamlakatlarida rubl pozitsiyasini mustahkamlamoqda
Rossiya MDH mamlakatlarida rubl pozitsiyasini mustahkamlamoqda
Rossiya G‘arbning iqtisodiyotdagi “nopok” harakatlaridan kelib chiqadigan xavflarni kamaytirish bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rdi. 25.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-25T12:07+0500
2022-04-25T12:07+0500
2022-04-25T12:07+0500
rossiya
rubl
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/04/23767178_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_af2207146582ba3157e6374cdae9ed38.jpg
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Rossiya G‘arbning iqtisodiyotdagi harakatlaridan kelib chiqadigan xavflarni kamaytirish uchun o‘z vaqtida kerakli choralarni ko‘rdi. Shu jumladan, mamlakat Ozarbayjon va Armaniston bilan hisob-kitoblarni milliy valyutada amalga oshirishga faol o‘tmoqda. Bu haqda TIVning MDH mamlakatlari to‘rtinchi departamenti direktori Denis Gonchar RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi umumiy savdoning qariyb 30 foizi rublda amalga oshiriladi. Bu ikki mamlakatning iqtisodiy aloqalari arxitekturasiga odatda tashqi salbiy omillar unchalik ta’sir qilmaydi va nostandart vaziyatlarga tezda moslashadi. Shu bilan birga, Rossiya Ozarbayjonning yetakchi iqtisodiy hamkorlari qatorida qolmoqda. Bundan tashqari, Ozarbayjon neft mahsulotlarini import qiluvchilar orasida birinchi o‘rinda turadi.“Armaniston bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini izlash faol davom ettirilmoqda”, - deydi Gonchar.TIV vakilining ta’kidlashicha, bu masalalar 11-12 aprelkunlari Moskvada Armaniston Iqtisodiyot vaziri Vagan Kerobanning Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi, Iqtisodiy rivojlanish vazirligi, Sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirliklari rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarida muhokama qilingan.Putin Rossiya tashqi savdosini rublga o‘tkazishni tezlashtirishni topshirdi“Ushbu mavzuni ko‘rib chiqish eng yuqori darajada, xususan, Nikol Pashinyanning Vladimir Putin hamda Mixail Mishustin bilan 19 va 20-apreldagi uchrashuvlarida davom etdi. Biz o‘zaro savdo doirasidagi hisob-kitoblarda milliy valyutalardan foydalanishni kengaytirishga kelishib oldik. Yerevan allaqachon gaz uchun to‘lovni rublda amalga oshira boshladi”, - deya xulosa qildi diplomat.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/04/23767178_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_637a2b8e44ec4169652969a8f96effee.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rossiya, rubl
Rossiya MDH mamlakatlarida rubl pozitsiyasini mustahkamlamoqda
Rossiya G‘arbning iqtisodiyotdagi “nopok” harakatlaridan kelib chiqadigan xavflarni kamaytirish bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rdi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Rossiya G‘arbning iqtisodiyotdagi harakatlaridan kelib chiqadigan xavflarni kamaytirish uchun o‘z vaqtida kerakli choralarni ko‘rdi. Shu jumladan, mamlakat Ozarbayjon va Armaniston bilan hisob-kitoblarni milliy valyutada amalga oshirishga faol o‘tmoqda. Bu haqda TIVning MDH mamlakatlari to‘rtinchi departamenti direktori Denis Gonchar RIA Novostiga bergan intervyusida
ma’lum qildi. “Biz G‘arbning global iqtisodiyotdagi haqiqatda nopok harakatlari bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish uchun oldindan choralar ko‘rishni boshladik”, - deydi Gonchar Rossiyaning G‘arb davlatlari bilan munosabatlaridagi inqiroz Moskvaning Boku va Yerevan bilan hamkorligiga qanday ta’sir qiladi, degan savolga javob berar ekan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi umumiy savdoning qariyb 30 foizi rublda amalga oshiriladi. Bu ikki mamlakatning iqtisodiy aloqalari arxitekturasiga odatda tashqi salbiy omillar unchalik ta’sir qilmaydi va nostandart vaziyatlarga tezda moslashadi. Shu bilan birga, Rossiya Ozarbayjonning yetakchi iqtisodiy hamkorlari qatorida qolmoqda. Bundan tashqari, Ozarbayjon neft mahsulotlarini import qiluvchilar orasida birinchi o‘rinda turadi.
“Armaniston bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini izlash faol davom ettirilmoqda”, - deydi Gonchar.
TIV vakilining ta’kidlashicha, bu masalalar 11-12 aprelkunlari Moskvada Armaniston Iqtisodiyot vaziri Vagan Kerobanning Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi, Iqtisodiy rivojlanish vazirligi, Sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirliklari rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarida muhokama qilingan.
“Ushbu mavzuni ko‘rib chiqish eng yuqori darajada, xususan, Nikol Pashinyanning Vladimir Putin hamda Mixail Mishustin bilan 19 va 20-apreldagi uchrashuvlarida davom etdi. Biz o‘zaro savdo doirasidagi hisob-kitoblarda milliy valyutalardan foydalanishni kengaytirishga kelishib oldik. Yerevan allaqachon gaz uchun to‘lovni rublda amalga oshira boshladi”, - deya xulosa qildi diplomat.