O‘zbekistonlik stol tennischilar Rossiya Premyer-ligasida qatnashadi

© Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi “Xvan Man Gim” sport klubi ayollar jamoasi
“Xvan Man Gim” sport klubi ayollar jamoasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Superligasida birinchilikni qo‘lga kiritgan “Xvan Man Gim” sport klubi ayollar jamoasi Premyer-liga yo‘llanmasini oldi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Rossiya Superligasining so‘nggi 4-tur o‘yinlari natijalariga ko‘ra, Toshkent viloyatining keyingi mavsumdan boshlab “Xvan Man Gim” sport klubi ayollar jamoasi eng oliy divizion hisoblangan Premyer-ligada qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.
21-24-aprel kunlari Cheboksari shahrida stol tennisi bo‘yicha klublar o‘rtasida Rossiya Superligasining so‘nggi 4-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Unda Toshkent viloyatining “Xvan Man Gim” sport klubi ayollar jamoasi ham chempionlikni qo‘lga kiritdi.
“Rossiya Superligasida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan klub tarkibidan Marhabo Magdiyeva, Rozalina Xodjiyeva, Asel Yerkebayeva, Kamila Xalikova, Mehriniso Norqulova, belaruslik legioner Yekaterina Borovok hamda murabbiy Anvar Karimov joy olishdi”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, klublar o‘rtasidagi Rossiya Superligasi 4 turdan iborat bo‘lib, unda jami 18 ta jamoa mavsum davomida yo‘llanma uchun kurash olib boradi.
Yangiliklar lentasi
0