O‘zbekiston va Rossiya dori ishlab chiqarish to‘g‘risida shartnomalar imzoladi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishNarkoticheskie veshestva v tabletkax
Narkoticheskie veshestva v tabletkax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2022
Obuna bo‘lish
INNOPROM – 2022 doirasidagi ilk shartnomalar to‘plami imzolandi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Toshkentda boshlangan INNOPROM-2022 xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, "ZUMA PHARMA" va Rossiyaning "Gerofarm" kompaniyasi insulin dorilarini ishlab chiqarish va yetkazib berish loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni boshlash to‘g‘risida memorandum imzoladi.
SSV huzuridagi Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi va Rossiyaning "Farmasintez" kompaniyalar guruhi farmatsevtika korxonasini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning yangi taraqqiyot strategiyasida mamlakatda dori vositalari ishlab chiqarishni 3 baravarga oshirish vazifasi qo‘yilgan. Farmatsevtika agentligi va viloyat hokimlari oldiga joriy yilning o‘zida 80 million dollarlik 34 ta loyihani ishga tushirish vazifasi qo‘yilgan.
Yangiliklar lentasi
0