Nikohlanuvchilar molekulyar-genetik tekshiruvdan o‘tishadi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishSotrudnik v laboratorii
Sotrudnik v laboratorii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2022
Obuna bo‘lish
2023 yil 1-iyuldan nikohlanuvchi shaxslar o‘z hisobidan molekulyar-genetik testdan o‘tkaziladi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. O‘zbekistonda nikohlanuvchilar 2023-yil 1-iyuldan molekulyar-genetik testdan o‘tkaziladi. Bu prezident 25-aprel kuni imzolagan Spinal mushak atrofiyasi kasalligi bilan og‘rigan bemor bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish va dori vositalarini bepul yetkazib berish tizimini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorda belgilangan.
Nikohlanuvchilar o‘z hisobidan Respublika aholi reproduktiv salomatlik markazi va uning hududiy markazlari tashrif buyurish orqali Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining laboratoriyasida test topshirishadi.
Qarorga muvofiq spinal mushak atrofiyasi kasalligi bo‘yicha xavf guruhidagi homilador ayollar Respublika “Ona va bola skrining” markazi hamda uning hududiy markazlarida, shuningdek, zamonaviy molekulyar-genetik Milliy referens laboratoriyasi va uning hududiy filiallarida bepul diagnostikadan o‘tkaziladi.
2022 yil 1-iyuldan spinal mushak atrofiyasi klinik diagnoziga ega oilalarning Yagona milliy registri yuritiladi va oilalarning klinik va molekulyar-genetik diagnostikasidan kelib chiqib shakllantirib boriladi.
2022 yil 1-maydan spinal mushak atrofiyasi kasalligi tashxisi tasdiqlangan bemor bolalar uchun hududlardagi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida multidissiplinar (nevrolog, pediatr, reanimatolog, pulmonolog, ortoped, xirurg) tekshiruv va davolash (operativ kontrakturalar va suyak deformatsiyalarini to‘g‘rilash) jarayoni tashkil etiladi.
Qaror bilan shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan bemor bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi.
Yangiliklar lentasi
0