INNOPROM-2022

Obuna bo‘lish
Toshkentda "INNOPROM. Markaziy Osiyo" ikkinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.
Ko‘rgazma 25-27 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. U Rossiyaning Sanoat va savdo vazirligi hamda O‘zbekistonning Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari tomonidan tashkil qilingan.
Ko‘rgazma va ishbilarmonlik dasturida O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Vengriya, Fransiya, Tojikiston, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘izistondan yuzlab ishlab chiqarish korxonalari va biznes delegatsiyalari ishtirok etadi.
“INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro ko‘rgazmasi Rossiya-O‘zbekiston hamkorligi va ikki tomonlama savdoni mustahkamlash va kengaytirish, Rossiyaning yuqori texnologiyali mahsulotlarini Markaziy Osiyo mamlakatlari bozoriga eksport qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Yangiliklar lentasi
0