Temir yo‘l kesishmalaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi
© pixabayJeleznodorojniy pereyezd
© pixabay
Obuna bo‘lish
Qoidalar 7 bob va 5 ilovadan iborat. Ular temir yo‘l tashishlari xavfsizlik darajasini oshirishni ta’minlash, xalqaro amaliyot va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi meyoriy hujjatlar talablarini hisobga olgan holda tayyorlangan.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Transport vazirining tegishli buyruq bilan Temir yo‘l kesishmalaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent shahar transport boshqarmasi xabar bermoqda.
Qoidalar 7 bob va 5 ilovadan iborat. Ular temir yo‘l tashishlari xavfsizlik darajasini oshirishni ta’minlash, yo‘l transport hodisalarini hamda texnologik va texnogen xarakterdagi tahdidni oldini olish maqsadida, xalqaro amaliyot va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi meyoriy hujjatlar talablarini hisobga olgan holda tayyorlangan.
Qoidalarda:
- temir yo‘l kesishmalarini ko‘rikdan o‘tkazish hamda ochish va yopish, ularning tasnifi va toifalarini aniqlash bilan bog‘liq normalar;
- temir yo‘l kesishmalarining tuzilishi, jihozlanishi va ulardan foydalanishga qo‘yiladigan talablar;
-temir yo‘l kesishmalari chegarasida va ularga olib boradigan yo‘llarda joylashgan kesishmalar, avtomobil yo‘llari uchastkalari tuzilishi, jihozlanishi, foydalanilishi, saqlanishi va ta’mirlanishiga bo‘lgan talablar;
- temir yo‘l kesishmalarida navbatchi xodimlar xizmatini tashkil etilishiga bo‘lgan talablar belgilandi.