https://oz.sputniknews.uz/20220424/soch-tokilishini-qanday-toxtatish-mumkin-24169562.html
Soch to‘kilishini qanday to‘xtatish mumkin
Soch to‘kilishini qanday to‘xtatish mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Soch parvarishida ayrim qoidalarga amal qilish lozim. Sochni sovun bilan yuvish mumkin emas.
2022-04-24T21:57+0500
2022-04-24T21:57+0500
2022-04-24T21:57+0500
bu qiziq
shifokorlar tavsiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1c/15887164_0:27:3069:1753_1920x0_80_0_0_84ca3b501c719e838fce58e8985ac62a.jpg
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori o‘rinbosari Ilhom Rahimov soch to‘kilishining oldini olish uchun nima qilish kerakligini aytdi.Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun, avvalo, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va to‘g‘ri ovqatlanish zarur. Sochlarning to‘kilish muammosini maxsus shampun, vitamin-mineralli komplekslar va shu kabi qo‘shimcha vositalar yordamida hal qilish ijobiy samara berishini unutmaslik zarur.Chunki soch parvarishiga taalluqli ba’zi vositalar tarkibida foydali va parvarishlovchi komponentlar mavjud va ular sochlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Zarur bo‘lgan moddalar yetishmovchiligini to‘ldirib, follikulalarning oziqlanishini yaxshilaydi.Soch parvarishida quyidagilarga amal qilish lozim:Rahimov sochni sovun bilan yuvish mumkin emasligini eslatgan. Chunki sovun toladagi suv-lipid qavatini yo‘qotadi va zararlaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1c/15887164_157:0:2888:2048_1920x0_80_0_0_882530bd263cae3a5ef472f24b1134c2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
soch to‘kilishi sabablar sochni parvarishlash soch to‘kilsa nima qilish kerak soch tukilishi sabablari va oldini olish soch to‘kilishiga qarshi
soch to‘kilishi sabablar sochni parvarishlash soch to‘kilsa nima qilish kerak soch tukilishi sabablari va oldini olish soch to‘kilishiga qarshi
Soch to‘kilishini qanday to‘xtatish mumkin
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, avvalo, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va to‘g‘ri ovqatlanish zarur.
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori o‘rinbosari Ilhom Rahimov soch to‘kilishining oldini olish uchun nima qilish kerakligini aytdi.
Shifokorning
so‘zlariga ko‘ra, buning uchun, avvalo, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va to‘g‘ri ovqatlanish zarur. Sochlarning to‘kilish muammosini maxsus shampun, vitamin-mineralli komplekslar va shu kabi qo‘shimcha vositalar yordamida hal qilish ijobiy samara berishini unutmaslik zarur.
Chunki soch parvarishiga taalluqli ba’zi vositalar tarkibida foydali va parvarishlovchi komponentlar mavjud va ular sochlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Zarur bo‘lgan moddalar yetishmovchiligini to‘ldirib, follikulalarning oziqlanishini yaxshilaydi.
Soch parvarishida quyidagilarga amal qilish lozim:
sochni yuvayotganda suv harorati 35-45 daraja iliq bo‘lishi kerak. Soch qanchalik yog‘li bo‘lsa, suv harorati nisbatan pastroq bo‘lishi zarur;
shampunni soch turiga qarab tanlash maqsadga muvofiq;
soch tarashga e’tibor berish zarur. Kalta sochlar ildizidan, uzun sochlar pastki qismidan boshlab taraladi;
soch quritkichini tez-tez qo‘llash tavsiya etilmaydi. Uni boshdan 40 santimetr uzoqlikda ushlab — “sovuq quritish” lozim.
Rahimov sochni sovun bilan yuvish mumkin emasligini eslatgan. Chunki sovun toladagi suv-lipid qavatini yo‘qotadi va zararlaydi.