https://oz.sputniknews.uz/20220424/jsst-bolalarda-kelib-chiqishi-nomalum-bolgan-gepatit-aniqlanganini-xabar-qildi-24166155.html
JSST bolalarda kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan gepatit aniqlanganini xabar qildi
JSST bolalarda kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan gepatit aniqlanganini xabar qildi
Sputnik O‘zbekiston
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bolalarda kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan o‘tkir gepatitning 169 ta holatini qayd etdi. Eng ko‘p kasallanish Buyuk Britaniyada (114 ta) aniqlangan.
2022-04-24T12:42+0500
2022-04-24T12:42+0500
2022-04-24T12:42+0500
dunyoda
jsst
gepatit
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/14/20560419_0:157:3083:1891_1920x0_80_0_0_59e82755a3e5c356d1a69199c65863db.jpg
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bolalarda kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan o‘tkir gepatitning 169 ta holatini qayd etdi. Bu haqda tashkilotning 23-aprel kuni e’lon qilgan ma’lumotlarida xabar qilingan.Kamida bir bola vafot etgan, 17 nafar bolaga jigar ko‘chirib o‘tkazishga to‘g‘ri kelgan. Noma’lum gepatit 1 oylikdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda aniqlangan.Eng ko‘p kasallanish Buyuk Britaniyada (114 ta) aniqlangan. Bundan tashqari, u Ispaniya, Isroil, AQSh, Daniya, Niderlandiya, Italiya, Fransiya va boshqa mamlakatlarda qayd etilgan.Shu bilan birga, JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bu holatlarda ilgari ma’lum bo‘lgan gepatitning A, B, C, E va D turlari aniqlanmagan.Kasallanganlarning kamida 74 nafarida adenovirus aniqlangan. Koronavirusga test topshirgan 20 nafar bemorda SARS-CoV-2, 19 nafarida bir vaqtning o‘zida SARS-CoV-2 va adenovirus aniqlangan.Ta’kidlanishicha, tashkilot kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan gepatit aniqlangan davlatlarga tibbiy surishtiruv o‘tkazishda va ma’lumotlarni to‘plashda ko‘mak bermoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/14/20560419_175:0:2906:2048_1920x0_80_0_0_d1e02e3731fb74e89e957c7dbd1bcb62.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jsst gepatit kasalligi ma’lumot
jsst gepatit kasalligi ma’lumot
JSST bolalarda kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan gepatit aniqlanganini xabar qildi
Kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan o‘tkir gepatit bilaneEng ko‘p kasallanish Buyuk Britaniyada (114 ta) aniqlangan.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bolalarda kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan o‘tkir gepatitning 169 ta holatini qayd etdi. Bu haqda tashkilotning 23-aprel kuni e’lon qilgan ma’lumotlarida
xabar qilingan. Kamida bir bola vafot etgan, 17 nafar bolaga jigar ko‘chirib o‘tkazishga to‘g‘ri kelgan. Noma’lum gepatit 1 oylikdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda aniqlangan.
Eng ko‘p kasallanish Buyuk Britaniyada (114 ta) aniqlangan. Bundan tashqari, u Ispaniya, Isroil, AQSh, Daniya, Niderlandiya, Italiya, Fransiya va boshqa mamlakatlarda qayd etilgan.
Shu bilan birga, JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bu holatlarda ilgari ma’lum bo‘lgan gepatitning A, B, C, E va D turlari aniqlanmagan.
Kasallanganlarning kamida 74 nafarida adenovirus aniqlangan. Koronavirusga test topshirgan 20 nafar bemorda SARS-CoV-2, 19 nafarida bir vaqtning o‘zida SARS-CoV-2 va adenovirus aniqlangan.
Ta’kidlanishicha, tashkilot kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan gepatit aniqlangan davlatlarga tibbiy surishtiruv o‘tkazishda va ma’lumotlarni to‘plashda ko‘mak bermoqda.