https://oz.sputniknews.uz/20220424/davlat-ijtimoiy-buyurtmasiga-oid-malumotlar-majburiy-tartibda-elon-qilib-boriladi-24163182.html
Davlat ijtimoiy buyurtmasiga oid ma’lumotlar majburiy tartibda e’lon qilib boriladi
Davlat ijtimoiy buyurtmasiga oid ma’lumotlar majburiy tartibda e’lon qilib boriladi
Sputnik O‘zbekiston
2022 yil 1-dekabrgacha e-ngo.uz elektron portalida ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning mexanizmlari joriy etiladi. 24.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-24T09:50+0500
2022-04-24T09:50+0500
2022-04-24T09:50+0500
jamiyat
ma’lumotnoma
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0d/23289866_0:102:1280:822_1920x0_80_0_0_2cb45025c6ccf5f4f865024e45e24beb.jpg
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. O‘zbekistonda davlat ijtimoiy buyurtmasiga oid ma’lumotlar majburiy tartibda e’lon qilib boriladi. Bu qabul qilingan Hukumatning tegishli qarorida belgilab qo‘yilgan.Qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-dekabrgacha e-ngo.uz elektron portalida ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning quyidagi mexanizmlari joriy etiladi:2023 yil 1-yanvardan quyidagilar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan elektron portalga majburiy joylashtiriladi:- ijtimoiy va iqtisodiy dasturlarning loyihalari;- loyihalarni amalga oshirish uchun NNTlarga davlat ijtimoiy buyurtmasini berishga oid e’lonlar;- kelgusi yil uchun jamoat fondlariga yuboriladigan buyurtmanomalar;- davlat ijtimoiy buyurtmasi natijalari, mablag‘larning sarflanish holati.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0d/23289866_143:0:1280:853_1920x0_80_0_0_f2b2086972b0818d38d74ada83d5d2e0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, ma’lumotnoma
Davlat ijtimoiy buyurtmasiga oid ma’lumotlar majburiy tartibda e’lon qilib boriladi
2022 yil 1-dekabrgacha e-ngo.uz elektron portalida ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning mexanizmlari joriy etiladi.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. O‘zbekistonda davlat ijtimoiy buyurtmasiga oid ma’lumotlar majburiy tartibda e’lon qilib boriladi. Bu qabul qilingan Hukumatning tegishli qarorida
belgilab qo‘yilgan. Qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-dekabrgacha e-ngo.uz elektron portalida ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning quyidagi mexanizmlari joriy etiladi:
nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) tomonidan dasturlar ishlab chiqishda qatnashish, ularning ijrosini monitoring qilish, monitoring natijasi bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan hujjatni, qonunchilik hujjatlari loyihalariga oid takliflarni mas’ul davlat organlariga kiritish;
NNTlarning dasturlar yuzasidan bergan takliflarini ko‘rib chiqish natijalarini elektron portalga joylashtirish;
NNTlarning jamoatchilik nazorati yakunlari bo‘yicha tayyorlagan hujjatlarini davlat organlariga yuborish va ularni ko‘rib chiqish natijalarini e’lon qilish.
2023 yil 1-yanvardan quyidagilar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan elektron portalga majburiy joylashtiriladi:
- ijtimoiy va iqtisodiy dasturlarning loyihalari;
- loyihalarni amalga oshirish uchun NNTlarga davlat ijtimoiy buyurtmasini berishga oid e’lonlar;
- kelgusi yil uchun jamoat fondlariga yuboriladigan buyurtmanomalar;
- davlat ijtimoiy buyurtmasi natijalari, mablag‘larning sarflanish holati.