Rossiya parallel import qilish mumkin bo‘lgan tovarlar ro‘yxatini tuzdi

© REUTERS / Albert GeaStend Nokia na Mejdunarodnoy vistavke mobilnoy svazi v Barselone
Stend Nokia na Mejdunarodnoy vistavke mobilnoy svazi v Barselone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2022
Obuna bo‘lish
"Parallel import" - brend egasining ruxsatisiz import qilish, bu "kontrafakt tovarlar" olib kirishni qonuniylashtirish degani emas.
TOShKENT, 23 apr - Sputnik. Rossiya Sanoat va savdo vazirligi Rossiyaga parallel import - ya’ni brend egasining ruxsatisiz, import qilish mumkin bo‘lgan tovarlar ro‘yxatini tayyorladi, deb xabar qilmoqda "Izvestiya" nashri.
Ro‘yxatga 50 dan ortiq mahsulot guruhlari va 200 ga yaqin brendlar mahsuloti kiradi. ular orasida to‘qimachilik, kiyim-kechak, parfumeriya, asbob-uskunalar va mexanik qurilmalar, telefonlar, kompyuterlar va maishiy texnika bor.
Shu tariqa, Sanoat va savdo vazirligi Apple, Samsung, Nokia, Sony, Siemens va HP kompaniyalaridan elektron qurilmalarini, Tesla, Land Rover, Jeep, Jaguar, Chrysler, Bently, Cadillac, Chevrolet, Cummins, Deutz, Hyundai, Nissan, Volkswagen, Toyota, Volvo, Scania, avtomobillari va ehtiyot qismlarini hamda Continental, Michelin, Goodyear, Bridgestone g‘ildiraklarini paralel import qilishga ruxsat beradi.
Sanoat va savdo vazirligi aytishiga ko‘ra, bunday chora qabul qilishga ushbu mahsulotlarni Rossiyaga yetkazib berishda kiritilgan cheklovlar sabab bo‘lgan. Gap iste’mol bozorini to‘ldirish uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar haqida bormoqda.
Shu bilan birga, vazirli parallel import kontrafakt tovarlarni qonuniylashtirishni anglatmasligini alohida ta’kidlab o‘tgan, ushbu chora faqat sifatli mahsulotlarni muqobil etkazib berish kanallari orqali olib kelish uchun joriy etilmoqda.
G‘arb sanksiyalari

Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya
qilish bo‘yicha maxsus operatsiyani e’lon qilganidan so‘ng AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Cheklov choralar birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan. Ko‘plab brendlar Rossiyadan chiqib ketishdi. Rossiyaning xorijdagi aktivlari muzlatildi.

Kreml ushbu bu choralarni misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush deb atadi, lekin voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini bildirdi.

Rossiya banki valyuta bozorini barqarorlashtirdi, do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga gazni rublda sotish e’lon qilindi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0