https://oz.sputniknews.uz/20220423/ozbekistonda-elektromobillar-va-ular-uchun-toliq-infratuzilma-quriladi--24154551.html
O‘zbekistonda elektromobillar va ular uchun to‘liq infratuzilma quriladi
O‘zbekistonda elektromobillar va ular uchun to‘liq infratuzilma quriladi
Sputnik O‘zbekiston
Xitoynig yirik kompaniyasi bilan birgalikda elektromobillar, ehtiyot qismlar va quvvatlash stansiyalari quriladi. 23.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-23T10:08+0500
2022-04-23T10:08+0500
2022-04-23T10:09+0500
iqtisod
elektromobil
xitoy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0f/21358381_0:161:3067:1886_1920x0_80_0_0_67b99253d64fbeb63b531a4f088c449f.jpg
TOShKENT, 23 apr - Sputnik. May oyidan boshlab O‘zbekistonda Xitoyning "BYD" avtokonserni bilan hamkorlikda elektromobillar va elektroavtobuslar ishlab chiqarish imkoniyatlari o‘rganiladi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” AJ vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum bo‘ldi. Hamkorlik doirasida tomonlar yangi energiya manbaalarida harakatlanuvchi yengil avtomobillar hamda avtobuslarni ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganishni kelishib olishgan edi. Shuningdek, loyiha o‘z ichiga savdo va servis xizmat ko‘rsatish shu jumladan, elektromobillar akkumulyatorlari hamda elektrodvigatellarga texnik xizmat ko‘rsatish tarmog‘larini yaratishni o‘z ichiga oladi.Kelishuvga ko‘ra, may oyidan boshlab taqdim etilgan namunalar asosida O‘zbekistondagi elektromobillar bozori o‘rganiladi va ushbu ma’lumotlar asosida loyiha uchun biznes-reja ishlab chiqiladi. Keyingi bosqichida ishlab chiqarish to‘g‘risida shartnoma imzolash va qo‘shma korxona tashkil etish bo‘ladi.BYD Auto Industry Co., Ltd. ("Build Your Dreams") – BYD Co Ltd transmilliy kompaniyasiga tegishli korxona bo‘lib, u yangi energiya manbalaridan (NEV) foydalangan holda transport vositalarini ishlab chiqaradi. Turli mamlakatlarda 8 ta zavodga, R&D markazlari ega bo‘lib, NEW savdosi bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinni, Xitoyda esa 1-o‘rinni egallaydi.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0f/21358381_576:80:3038:1927_1920x0_80_0_0_0a4b70b0d27198d6d8f88c21ddb5d2c3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, elektromobil, xitoy
iqtisod, elektromobil, xitoy
O‘zbekistonda elektromobillar va ular uchun to‘liq infratuzilma quriladi
10:08 23.04.2022 (yangilandi: 10:09 23.04.2022) Xitoynig yirik kompaniyasi bilan birgalikda elektromobillar, ehtiyot qismlar va quvvatlash stansiyalari quriladi.
TOShKENT, 23 apr - Sputnik. May oyidan boshlab O‘zbekistonda Xitoyning "BYD" avtokonserni bilan hamkorlikda elektromobillar va elektroavtobuslar ishlab chiqarish imkoniyatlari o‘rganiladi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” AJ vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan
brifingda ma’lum bo‘ldi.
Hukumat qaroriga muvofiq, “O‘zavtosanoat” AJ O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish dasturini ishga tushirdi. Fevral oyida “O‘zavtosanoat” AJ Xitoyning eng yirik elekromobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi BYD Auto Industry Ltd. bilan o‘zaro Anglashinuv Memorandumi imzolagandi.
Hamkorlik doirasida tomonlar yangi energiya manbaalarida harakatlanuvchi yengil avtomobillar hamda avtobuslarni ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganishni kelishib olishgan edi.
Shuningdek, loyiha o‘z ichiga savdo va servis xizmat ko‘rsatish shu jumladan, elektromobillar akkumulyatorlari hamda elektrodvigatellarga texnik xizmat ko‘rsatish tarmog‘larini yaratishni o‘z ichiga oladi.
Kelishuvga ko‘ra, may oyidan boshlab taqdim etilgan namunalar asosida O‘zbekistondagi elektromobillar bozori o‘rganiladi va ushbu ma’lumotlar asosida loyiha uchun biznes-reja ishlab chiqiladi. Keyingi bosqichida ishlab chiqarish to‘g‘risida shartnoma imzolash va qo‘shma korxona tashkil etish bo‘ladi.
"Energetika vazirligi tomonidan elektromobillarni quvvatlantirish tizimlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilgan. Ayni paytda joylarda quvvatlash uskunalari o‘rnatilayapti" - deyiladi xabarda
BYD Auto Industry Co., Ltd. ("Build Your Dreams") – BYD Co Ltd transmilliy kompaniyasiga tegishli korxona bo‘lib, u yangi energiya manbalaridan (NEV) foydalangan holda transport vositalarini ishlab chiqaradi. Turli mamlakatlarda 8 ta zavodga, R&D markazlari ega bo‘lib, NEW savdosi bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinni, Xitoyda esa 1-o‘rinni egallaydi.