https://oz.sputniknews.uz/20220423/istemolchi-talabiga-binoan-avtomobil-yangisiga-almashtirib-berildi-24156239.html
Iste’molchi talabiga binoan avtomobil yangisiga almashtirib berildi
Iste’molchi talabiga binoan avtomobil yangisiga almashtirib berildi
Sputnik O‘zbekiston
Kafolat muddati mobaynida avtomobilning kuzovi yoki kamida ikkita agregatni almashtirish zarur bo‘lgan taqdirda - iste’molchi avtomobilni yangisiga almashtirib... 23.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-23T12:09+0500
2022-04-23T12:09+0500
2022-04-23T12:11+0500
iqtisod
avtomobil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/05/20371251_0:54:1024:630_1920x0_80_0_0_494da90e497adcd312c4acf176a83c77.jpg
TOShKENT, 23 apr - Sputnik. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga Toshkent shahar Yashnobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqarodan murojaat kelib tushdi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va ekspertlardan iborat ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan ekspertiza natijasida ko‘chayotgan bo‘yoqlar tuzatib bo‘lmaydigan nuqsonlar ekanligi aniqlangan. Chakana savdo qoidalariga muvofiq, “Lion Motors” MChJ tomonidan iste’molchiga xuddi shunday rusumdagi yangi avtomobilga almashtirib berildi.Eslatib o‘tamiz, chakana savdo qoidalarining 130-bandiga asosan kafolat muddati mobaynida avtomobillarni almashtirish, kuzov yoki kamida ikkita agregatni almashtirish zarur bo‘lgan taqdirda, ekspert komissiyasi qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/05/20371251_57:0:968:683_1920x0_80_0_0_a19cb3eaa10103da73cc89a3e53f24cb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, avtomobil
Iste’molchi talabiga binoan avtomobil yangisiga almashtirib berildi
12:09 23.04.2022 (yangilandi: 12:11 23.04.2022) Kafolat muddati mobaynida avtomobilning kuzovi yoki kamida ikkita agregatni almashtirish zarur bo‘lgan taqdirda - iste’molchi avtomobilni yangisiga almashtirib berishni talab qilishi mumkin.
TOShKENT, 23 apr - Sputnik. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga Toshkent shahar Yashnobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqarodan murojaat kelib tushdi.
Unda aytishiga ko‘ra, o‘tgan yilning oxirida sotib olingan “Spark M-Elegant/AT Plus” avtomobilining bo‘yog‘i ko‘chib tusha boshlagan. Iste’molchi tomonidan avtomobil xarid qilingan dilerga murojaatlar natija bermagan.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va ekspertlardan iborat ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan ekspertiza natijasida ko‘chayotgan bo‘yoqlar tuzatib bo‘lmaydigan nuqsonlar ekanligi aniqlangan.
Chakana savdo qoidalariga muvofiq, “Lion Motors” MChJ tomonidan iste’molchiga xuddi shunday rusumdagi yangi avtomobilga almashtirib berildi.
Eslatib o‘tamiz, chakana savdo qoidalarining 130-bandiga asosan kafolat muddati mobaynida avtomobillarni almashtirish, kuzov yoki kamida ikkita agregatni almashtirish zarur bo‘lgan taqdirda, ekspert komissiyasi qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.