https://oz.sputniknews.uz/20220422/yana-tort-hududda-innovatsion-texnopark-tashkil-etish-rejalashtirilmoqda-24142379.html
Yana to‘rt hududda innovatsion texnopark tashkil etish rejalashtirilmoqda
Yana to‘rt hududda innovatsion texnopark tashkil etish rejalashtirilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Loyiha mahalliy budjet hamda O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. 22.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-22T14:07+0500
2022-04-22T14:07+0500
2022-04-22T14:07+0500
madaniyat
axborot texnologiyalari (it)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1208/12/12081230_0:103:1000:666_1920x0_80_0_0_edebeb1187cf8bf32c16755619eb0410.jpg
TOShKENT, 22 apr - Sputnik. Toshkent shahrida barpo etilgan “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki 2023-2026 yillarda Namangan, Buxoro, Jizzax va Nukus shaharlarida ham bosqichma-bosqich tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylagan qarori loyihasida aytib o‘tilgan. Qaror loyihasiga ko‘ra, tashkil etiladigan texnoparklarda 8 ta startap akselerator, 4 ta biznes inkubator, 4 ta ishlab chiqarish maydonlari, 12 ta kovorking markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yiladi.Loyiha mahalliy budjet hamda O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.Texnoparklarni qurilish va jihozlash xarajatlarining 90 foizi O‘zbekiston ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi, 10 foizi Qoraqalpog‘iston respublika budjeti va tegishli viloyatlar mahalliy budjetining mablag‘lari hisobidan qoplanadi.Texnoparklarga har yili “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida ajratiladigan mablag‘larning 30 foizdan kam bo‘lmagan miqdori startap loyihalarni e’lon qilish, ko‘rib chiqish, tanlab olish va muvaffaqiyatli loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1208/12/12081230_112:0:1000:666_1920x0_80_0_0_aaed9b04f0bab1a7d5b282f8f5aa4697.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, axborot texnologiyalari (it)
madaniyat, axborot texnologiyalari (it)
Yana to‘rt hududda innovatsion texnopark tashkil etish rejalashtirilmoqda
Loyiha mahalliy budjet hamda O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
TOShKENT, 22 apr - Sputnik. Toshkent shahrida barpo etilgan “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki 2023-2026 yillarda Namangan, Buxoro, Jizzax va Nukus shaharlarida ham bosqichma-bosqich tashkil
etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylagan qarori
loyihasida aytib o‘tilgan.
Qaror loyihasiga ko‘ra, tashkil etiladigan texnoparklarda 8 ta startap akselerator, 4 ta biznes inkubator, 4 ta ishlab chiqarish maydonlari, 12 ta kovorking markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yiladi.
Loyiha mahalliy budjet hamda O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Shuningdek, texnoparklar rezidentlari innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun eng qulay sharoitlarni yaratish maqsadida O‘zbekiston hududi doirasida eksterritoriallik prinsipi asosida joylashtiriladi.
Texnoparklarni qurilish va jihozlash xarajatlarining 90 foizi O‘zbekiston ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi, 10 foizi Qoraqalpog‘iston respublika budjeti va tegishli viloyatlar mahalliy budjetining mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Texnoparklarga har yili “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida ajratiladigan mablag‘larning 30 foizdan kam bo‘lmagan miqdori startap loyihalarni e’lon qilish, ko‘rib chiqish, tanlab olish va muvaffaqiyatli loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.