Tramp AQSh nima sababdan xavf ostida ekanini aytdi

© REUTERS / Carlos BarriaEks-prezident SShA Donald Tramp
Eks-prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2022
Obuna bo‘lish
AQSh sobiq prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya AQSh rahbarlarining qanchalik zaif deb bilishini ko‘rsatdi.
TOShKENT, 22 apr - Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq prezidenti Donald Trampning aytishicha, hozirgi Amerika rahbariyatini dunyoda hurmat qilishmaydi va qo‘rqishmaydi, bu esa butun tarixdagi eng xavfli lahzaga olib keldi.
“Hozirda, mening fikrimcha, mamlakatimiz tarixidagi eng xavfli davr. Bizning dunyomiz hech qachon bunday xavf ostida bo‘lmagan”, dedi Tramp har yili o‘tkaziladigan Heritage Foundation tadbirida.
Siyosatchining fikricha, zamonaviy qurollarning ulkan kuchi tufayli dunyo xavf ostidaqolgan.
“Qurollar hozir hech qachon ko‘rilmagan darajaga yetib keldi. Bizda bor, boshqalarda bor. Lekin ilgari bunday narsa bo‘lmagan”, - deydi u.
AQSh sobiq prezidentining so‘zlariga ko‘ra, uning boshqaruvi ostida Rossiyaning Ukrainada mahsus harbiy operatsiya o‘tkazishga “zarracha ham sabab” bo‘lmagan.
“Xitoy endi bizni hurmat qilmaydi, Eron endi bizdan qo‘rqmaydi. Va Ukrainaga dahshatli bostirib kirishi bilan Rossiya bizning rahbarlarimizni qanchalik zaif deb bilishini ko‘rsatdi”, dedi Donald Tramp.
Yangiliklar lentasi
0