"O‘zgidromet" sel haqida ogohlantirdi
© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy
/ Obuna bo‘lish
Tog‘ oldi hududlarda yashovchi fuqarolardan seldan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘rashdi.
TOShKENT, 22 apr - Sputnik. Ushbu hafta oxiri va kelgusi hafta boshida, 24-25 aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Xususan quyidagi hududlarda:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzar, Koson tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqorg‘on, Muzrobot tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Pskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori-Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqurg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalalquduk, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izbosgan, Xo‘jaobod, Marxamat tumanlarida va Xonobod shahrida.
Tog‘ oldi va tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz, - deyilgan xabarda.
Unga ko‘ra, 24-aprel kuni aksariyat hududlarda havo harorati kunduzi 20-25 darajadan yuqori bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kuzatiladi.
25 aprel dushanba kuni ham O‘zbekistonning markaziy va sharqiy hududlarida yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi.