https://oz.sputniknews.uz/20220422/murotjon-azimov-qashqadaryo-viloyati-hokimi-etib-tasdiqlandi-24140655.html
Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Murotjon Azimov 2021-yil noyabr oyidan buyon Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan edi. 22.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-22T12:27+0500
2022-04-22T12:27+0500
2022-04-22T12:28+0500
jamiyat
qashqadaryo viloyati
hokim
prezident
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/16/24140593_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_8d611ff69b7b2e6b82beeaa7ecae1bb8.jpg
TOShKENT, 22 apr - Sputnik. Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Azimov Murotjon Berdialiyevich viloyat hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.Ma’lumot uchun, Murotjon Azimov 1976-yil Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. 1998-yilda Toshkent yuridik institutini tugatgan.U Qarshi shahar prokuraturasida tergovchi, Qashqadaryo viloyat prokuraturasiga prokuror, keyinroq viloyat prokurorining o‘rinbosari va tuman prokurori lavozimlarida ishlagan.2014 yilda Buxoro viloyati prokurori etib tayinlanib, u yerda 2016-yilgacha ishlagan. 2016-yil sentabr oyidan boshlab u O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari lavozimida ishlagan.Murot Azimov 2018-yil fevralida Bojxona qo‘mitasiga rais etib, 2021-yil noyabr oyida Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
qashqadaryo viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/16/24140593_93:0:1234:856_1920x0_80_0_0_22597db880dfdbedefd79bdd2716d7a8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, qashqadaryo viloyati, hokim, prezident
jamiyat, qashqadaryo viloyati, hokim, prezident
Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
12:27 22.04.2022 (yangilandi: 12:28 22.04.2022) Murotjon Azimov 2021-yil noyabr oyidan buyon Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan edi.
TOShKENT, 22 apr - Sputnik. Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Azimov Murotjon Berdialiyevich viloyat hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021-yil noyabr oyidan buyon Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Azimov Murotjon Berdialiyevich nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etdi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, M.Azimov Qashqadaryo viloyatining hokimi etib tasdiqlandi, - deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, Murotjon Azimov 1976-yil Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. 1998-yilda Toshkent yuridik institutini tugatgan.
U Qarshi shahar prokuraturasida tergovchi, Qashqadaryo viloyat prokuraturasiga prokuror, keyinroq viloyat prokurorining o‘rinbosari va tuman prokurori lavozimlarida ishlagan.
2014 yilda Buxoro viloyati prokurori etib tayinlanib, u yerda 2016-yilgacha ishlagan. 2016-yil sentabr oyidan boshlab u O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Murot Azimov 2018-yil fevralida Bojxona qo‘mitasiga rais etib, 2021-yil noyabr oyida Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.