https://oz.sputniknews.uz/20220422/kasanachilar-soliq-borasida-ozini-ozi-band-qilgan-shaxslarga-tenglashtirildi-24142922.html
Kasanachilar soliq borasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga tenglashtirildi
Kasanachilar soliq borasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga tenglashtirildi
Sputnik O‘zbekiston
Kasanachilar - uyida hunarmandchilik qiluvchi shaxslar ijtimoiy soliq to‘lovini o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan tartibda amalga oshiradi 22.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-22T14:20+0500
2022-04-22T14:20+0500
2022-04-22T14:20+0500
iqtisod
tadbirkor
soliq
prezident farmoni
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1161/76/11617609_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_4e518bfc0a054e48ae7f1e9403679b6a.jpg
TOShKENT, 22 apr - Sputnik. Olis va chekka hududlardagi mahallalarda (jami 252 ta) kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga dastlabki 3 oydagi faoliyati uchun 1 oylik o‘rtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyevning 21-aprel kuni imzolagan farmonida keltirilgan.Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-iyuldan kasanachilikni fuqarolik-huquqiy shartnomalar, shu jumladan pudrat shartnomasi asosida tashkil etishga ruxsat etiladi.2022 yil 1-iyuldan 2025-yil 1-yanvargacha:Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kasanachilar soni kamida 10 nafar bo‘lgan tadbirkorlarga kredit summasining 75 foizi miqdorigacha kafillik beriladi.2022 yil 1-iyuldan 2025-yil 1-yanvargacha “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da bo‘lgan va kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismi, biroq BHMning 10 baravarigacha (2 mln 700 ming so‘mgacha) miqdorida subsidiya ajratiladi.Shuningdek, “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi tarkibida mavsumiy va kasanachilik ishlari portali ishga tushiriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1161/76/11617609_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_d143f23d4f2111fb55afbb121aec5c86.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, tadbirkor, soliq, prezident farmoni
iqtisod, tadbirkor, soliq, prezident farmoni
Kasanachilar soliq borasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga tenglashtirildi
Kasanachilar - uyida hunarmandchilik qiluvchi shaxslar ijtimoiy soliq to‘lovini o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan tartibda amalga oshiradi
TOShKENT, 22 apr - Sputnik. Olis va chekka hududlardagi mahallalarda (jami 252 ta) kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga dastlabki 3 oydagi faoliyati uchun 1 oylik o‘rtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyevning 21-aprel kuni imzolagan farmonida keltirilgan.
Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-iyuldan kasanachilikni fuqarolik-huquqiy shartnomalar, shu jumladan pudrat shartnomasi asosida tashkil etishga ruxsat etiladi.
2022 yil 1-iyuldan 2025-yil 1-yanvargacha:
kasanachilarga daromad solig‘i kasanachilikdan olinadigan jami daromadni 50 foizga, 1 oyda ko‘pi bilan 1 million so‘mgacha kamaytirgan holda hisoblanadi;
kasanachilar ijtimoiy soliq to‘lovini o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan tartibda amalga oshiradi;
olis va chekka hududlardagi mahallalarda (jami 252 ta) kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga dastlabki 3 oydagi faoliyati uchun 1 oylik o‘rtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kasanachilar soni kamida 10 nafar bo‘lgan tadbirkorlarga kredit summasining 75 foizi miqdorigacha kafillik beriladi.
2022 yil 1-iyuldan 2025-yil 1-yanvargacha “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da bo‘lgan va kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismi, biroq BHMning 10 baravarigacha (2 mln 700 ming so‘mgacha) miqdorida subsidiya ajratiladi.
Shuningdek, “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi tarkibida mavsumiy va kasanachilik ishlari portali ishga tushiriladi.