“G‘alaba bog‘i falsafasi” kitobi Vladivostokda taqdim etildi

Izdana kniga "Park Pobedi: filosofiya mujestva i stoykosti"
Izdana kniga Park Pobedi: filosofiya mujestva i stoykosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2022
Obuna bo‘lish
Vladivostokdagi Anton Chexov nomidagi markaziy kutubxonada “G‘alaba bog‘i falsafasi” kitobining taqdimoti o‘tkazildi.
TOShKENT, 22 apr - Sputnik. Vladivostokdagi Anton Chexov nomidagi markaziy kutubxonada 21-aprel kuni “G‘alaba bog‘i falsafasi” kitobining taqdimoti o‘tkazildi.Tadbir Vladivostokdagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan tashkil etildi.
Taqdimotda Bosh konsul R. Ismoilov Toshkent shahrida bunyod etilgan G‘alaba bog‘ining milliy, mintaqaviy va xalqaro ahamiyati, bog‘ining barpo etilishi hamda unga bag‘ishlab yozilgan Akmal Saidovning “G‘alaba bog‘i falsafasi” kitobining mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Vladivostok shahar hokimi o‘rinbosari D.Stegniy so‘zga chiqib, O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushiga qo‘shgan ulkan hissasini, jumladan, jang maydonida ishtirok etgan 301 nafar o‘zbek harbiysining general unvoniga sazovor bo‘lganini yuksak baholadi.
Tadbirda Vladivostok shahri ma’muriyati, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Vladivostok shahridagi vakolatxonasi, Vladivostok shahrida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar namoyandalari, kutubxona rahbariyati, Ikkinchi jahon urushi qahramonlari, o‘zbek diasporasi va Primorsk o‘lkasi yoshlar harakati vakillari hamda Vladivostok shahridagi o‘rta ta’lim muassasalarining o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida shuningdek Shoahmad Shomahmudov va uning rafiqasiga bag‘ishlangan "Sen yetim emassan" badiiy filmi namoyish etildi.
Taqdimot nihoyasida Anton Chexov nomidagi markaziy kutubxona, Vladivostok faxriylar kengashi jamg‘armasi, Ikkinchi jahon urushi qahramonlari va boshqa ishtirokchilarga “G‘alaba bog‘i falsafasi” kitobining rus tilidagi nashri tuhfa etildi.
Yangiliklar lentasi
0