Eng ko‘p vakant lavozimlar qaysi davlat idoralarida ekani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNoviy inklyuzivniy Sentr gosuslug v Dexkanabade otkril svoi dveri dlya posetiteley
Noviy inklyuzivniy Sentr gosuslug v Dexkanabade otkril svoi dveri dlya posetiteley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2022
Obuna bo‘lish
Davlat fuqarolik xizmatiga 23 556 nafarnomzod ishga qabul qilindi. Ulardan 10 063 nafari30 yoshgacha bo‘lganlar, 6 132 nafari esa ayollar.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Vazirlik va idoralarda mavjud vakant lavozimlar bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovlar natijasida 23 556 nafar nomzod ishga qabul qilindi.
Vacancy.argos.uz portali ma’lumotiga ko‘ra, 21-aprel holatiga 70 dan ortiq vazirlik va idoralari va hokimliklarda 65 214 vakant lavozimlarga tatanlov e’lon qilingan.
Eng ko‘p bo‘sh o‘rin quyidagi idoralar kesimiga to‘g‘ri keldi:
Yoshlar ishlari agentligi tizimida - 15 794 ta
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tizimida -10 116 ta
Davlat soliq qo‘mitasi tizimida - 7 123 ta
Xalq ta’limi vazirligi tizimida - 4 529 ta
Moliya vazirligi tizimida - 6 115 ta
Hududlar kesimida o‘tkazilgan tanlovlar Samarqand viloyatida 6 630 ta, Andijon viloyatida 6 182 ta, Qashqadaryo viloyatida 6 053 ta va Farg‘ona viloyatida 5 969 taga teng.
Tanlov g‘oliblari ichida 30 yoshgacha bo‘lganlar 10 063 nafar, ayollar 6 132 nafarva davlat xizmatiga birinchi marotaba qabul qilinganlar 4 586 nafarni tashkil etmoqda.
Ma’lumot uchun, ushbu portal davlat organlari va tashkilotlaridagi vakant lavozimlarni egallash uchun ochiq mustaqil tanlovlarni tashkil etish bo‘yicha yagona elektron tizim hisoblanadi. U internet tarmog‘ida “bir darcha” tamoyili asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Yangiliklar lentasi
0