Yuqori tezlikdagi internet barcha hududlarga qachon yetib borishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishSetevoe oborudovanie v servernoy.
Setevoe oborudovanie v servernoy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2022
Obuna bo‘lish
"O‘zbektelekom" aholini yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash uchun qilinayotgan ishlar haqida axborot berdi.
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekistondagi barcha aholi yashash maskanlari yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘i bilan 2026-yilga qadar to‘liq qamrab olinishi rejalashtirilgan. Bu haqida “O‘zbektelekom” AK matbuot kotibi Timur Mamajonov ma’lum qildi.
Mamajanovga ko‘ra, aholini yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘i bilan ta’minlash maqsadida mavjud infratuzilmani zamonaviylashtirishmoqda. Xususan:
2021 yilda 50 ming km.dan ziyod optik tolali aloqa liniyalari qurilgan;
2022 yilda ushbu ko‘rsatkichni 60 ming km.ga yetkazish belgilangan;
2026 yilga qadar esa barcha aholi yashash maskanlarini yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘i bilan to‘liq qamrab olish rejalashtirilgan.
“Birgina 2022-yilning 1-choragida, butun respublika bo‘ylab 12072 km optik tolali aloqa liniyalari tortildi, bu ayniqsa, internet xizmatlarining eng olis va chekka hududlarga ham sifatli uzatilishiga xizmat qiladi”, - deydi Timur Mamajonov.
Brifingda shuningdek “O‘zbektelekom” AK amalga oshirayotgan boshqa ishlar yuzasidan ham bayonot berildi. Xususan, xalqaro aloqa xizmatlarini takomillashtirish borasida.
Ayni kunlarda Umra va Haj safarlarini amalga oshiruvchi ziyoratchilar uchun xalqaro rouming xizmatining maxsus paketlarini ham ishga tushirilgan. Ushbu xizmat Saudiya Arabistoni operatori orqali yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unda abonent sim kartasini almashtirishi talab etilmaydi va roumingda mobil aloqa xizmatlaridan 4-6 marta arzonroq foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, Internet-trafikdan 8-martagacha arzon foydalanish mumkin bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0