Uy-joyning “snos”ga tushganini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi

© Sputnik / Amir IsayevSnos zdaniya, arxivnoe foto
Snos zdaniya, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2022
Obuna bo‘lish
Bino va turar joylarning buzilishga tushganlik holati haqida ma’lumotnoma olish uchun DXM yoki YaIDXPga murojaat qilinadi.
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekistonda uy-joyning “snos”ga tushganini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. Bu Hukumat qarori bilan tasdiqlangan qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarida ko‘zda tutilgan.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi:
bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;
bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish;
arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish;
loyiha-smeta hujjatlarini kelishish;
qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni ro‘yxatdan o‘tkazish;
qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish;
ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish.
Shunga muvofiq, jumladan, bino va turar joylarning buzilishga tushganlik holati haqida ma’lumotnoma olish uchun DXM yoki YaIDXPga murojaat qilinadi.
Ma’lumotnoma olish uchun arizalar YaIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Ma’lumotnoma 3 ish kunida rasmiylashtiriladi hamda ariza beruvchining elektron maziliga yuborilib, unga bu haqida xabar beriladi.
Yangiliklar lentasi
0