Samarqand va Buxoro OTMlari Boltiq federal universiteti bilan hamkorlik qiladi

© BFUPredstaviteli BFU vstretilis s rukovoditelyami VUZov Uzbekistana
Predstaviteli BFU vstretilis s rukovoditelyami VUZov Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya oliy o‘quv yurtlari negizida vakillik faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Buxoro davlat tibbiyot instituti Boltiq federal universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Boltiq federal universiteti xabar bermoqda.
O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy anjumanda ishtirok etishdi. Tashrif davomida Rossiya Federatsiyasining Immanuil Kant nomidagi Boltiq federal universiteti rahbariyati, jumladan universitet rektori professor Aleksandr Aleksandrovich Fedorov, prorektorlar va boshqa vakillari bilan uchrashib muzokara olib borildi.
Muloqot jarayonida ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Unga ko‘ra, endilikda universitetlar o‘rtasida akademik mobillik, qo‘shma ta’lim dasturlari va boshqa bir qator muhim masalalarda aloqalar olib boriladi.
Shuningdek, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma tadqiqotlar, universitetlar negizida vakillik faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Eng asosiysi, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy-innovatsion loyihalarni amalga oshirishda hamjihatlikda ish olib boriladi.
Ma’lumot uchun, Boltiq federal universiteti delegatsiyasi mart oyida O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga tashrif buyurgan edi.
Yangiliklar lentasi
0