https://oz.sputniknews.uz/20220421/rossiyalik-mutaxassislar-imkon-reabilitatsiya-markazi-faoliyati-yuqori-baholashdi-24119093.html
Rossiyalik mutaxassislar “Imkon” reabilitatsiya markazi faoliyatini yuqori baholashdi
Rossiyalik mutaxassislar “Imkon” reabilitatsiya markazi faoliyatini yuqori baholashdi
Sputnik O‘zbekiston
MTV Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan logoped va defektolog mutaxassislar tayyorlashda hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. 21.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-21T13:09+0500
2022-04-21T13:09+0500
2023-04-05T18:37+0500
jamiyat
hamkorlik
bolalar
maktabgacha ta’lim vazirligi (mtv)
a.i.gersen nomidagi rossiya davlat pedagogika universiteti (rdpu)
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/15/24119217_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_23a3779e2e038c8db6281aa38705701e.jpg
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan “Imkon” reabilitatsiya markazigaga A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti rahbariyati tashrif buyurdi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.Mehmonlar ushbu ixtisoslashgan ta’lim tashkiloti, xodimlari bilan muloqotda bo‘lib, ularning mutaxassisligi va ta’lim olgan oliygohlari bilan qiziqishdi.Mehmonlarning fikricha, O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan shaxslarning jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi uchun, maktabgacha ta’lim tizimidanoq samarali ishlar boshlangan. Bu esa ularni quvontirgan.Ma’lumot uchun, “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan ko‘ptarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 150 nafar bolaga mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda u yerda 100ga yaqin – nutqida, eshitishida, ko‘rishida, psixik rivojlanishda kechikayotgan, aqli zaif, tayanch harakatida nuqsoni bo‘lgan bolalarda bilan ta’lim-tarbiya ishlari olib borilmoqda.Ushbu MTTda 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan maxsus ehtiyojli bolalar hafta davomida 5 kun, 24 soat davomida shifokorlarning doimiy nazorati ostida sog‘lomlashtirish ishlari hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi bo‘yicha ta’lim-tarbiya olmoqda.O‘zbekistonda bugungi kunda “Imkon” ko‘p tarmoqli reabilitatsiya markazlari Nukus shahri (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) va Toshkent viloyatining Qibray tumanida o‘z faoliyatini boshlagan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/15/24119217_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_1666f6da617f8a50ba5ec6bb4a0dd866.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, hamkorlik, bolalar, maktabgacha ta’lim vazirligi (mtv), a.i.gersen nomidagi rossiya davlat pedagogika universiteti (rdpu), rossiya
jamiyat, hamkorlik, bolalar, maktabgacha ta’lim vazirligi (mtv), a.i.gersen nomidagi rossiya davlat pedagogika universiteti (rdpu), rossiya
Rossiyalik mutaxassislar “Imkon” reabilitatsiya markazi faoliyatini yuqori baholashdi
13:09 21.04.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) MTV Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan logoped va defektolog mutaxassislar tayyorlashda hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan “Imkon” reabilitatsiya markazigaga A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti rahbariyati tashrif buyurdi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Mehmonlar ushbu ixtisoslashgan ta’lim tashkiloti, xodimlari bilan muloqotda bo‘lib, ularning mutaxassisligi va ta’lim olgan oliygohlari bilan qiziqishdi.
“Bu kabi samimiy muloqotdan maqsad, kelajakda ko‘ptarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun pedagog kadrlar hamda defektolog, logoped kabi mutaxassislarning ko‘lamini kengaytirish bo‘lsa ne ajab”, - deyiladi xabarda.
Mehmonlarning fikricha, O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan shaxslarning jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi uchun, maktabgacha ta’lim tizimidanoq samarali ishlar boshlangan. Bu esa ularni quvontirgan.
Ma’lumot uchun, “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan ko‘ptarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 150 nafar bolaga mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda u yerda 100ga yaqin – nutqida, eshitishida, ko‘rishida, psixik rivojlanishda kechikayotgan, aqli zaif, tayanch harakatida nuqsoni bo‘lgan bolalarda bilan ta’lim-tarbiya ishlari olib borilmoqda.
Ushbu MTTda 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan maxsus ehtiyojli bolalar hafta davomida 5 kun, 24 soat davomida shifokorlarning doimiy nazorati ostida sog‘lomlashtirish ishlari hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi bo‘yicha ta’lim-tarbiya olmoqda.
O‘zbekistonda bugungi kunda “Imkon” ko‘p tarmoqli reabilitatsiya markazlari Nukus shahri (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) va Toshkent viloyatining Qibray tumanida o‘z faoliyatini boshlagan.