Ramazon oyida sog‘liq uchun foydali taomlar ro‘yxati – JSST
© Pixabay/ Rita Eujin diyeta
© Pixabay/ Rita E
Obuna bo‘lish
JSST ro‘za tutuvchi musulmonlarga qovurilgan, dudlangan haddar ortiq tko‘p tuz qo‘shilgan taomlarni iste’mol qilishni tavsiya etmaydi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ro‘za tutuvchi musulmonlar uchun Ramazon oyi davomida saharlik va iftorlik uchun tayyorlanayotgan taomlar bo‘yicha o‘z tavsiyalarini e’lon qildi.
JSST tavsiyalari quyidagilardan iborat:
Yog‘li mahsulotlar, ayniqsa, charvi yoki quyruqli go‘sht, qatlamali, yog‘/margarin yoki sarog‘ qo‘shilgan xamirdan tayyorlangan taomlar iste’molini kamaytirish kerak.
Masalliqlarni qovurish o‘rniga, ovqat tayyorlashning boshqa, masalan, bug‘da, sousda pishirish, kam miqdordagi yog‘da qovurib, pechda qizartirish kabi usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Tarkibiga meyordan ortiq tuz qo‘shilgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilmang! Sosiska, kolbasa, dudlangan, qayta ishlangan va tuzlangan go‘sht hamda baliq mahsulotlari, sho‘r bodring, zaytun mevasi, tuzli pishloqlar, gazaklar, mayonez, ketchup va xantal qo‘shilgan salatlar, souslar shular jumlasidandir.
Ovqat tayyorlashda tuzdan iloji boricha kamroq foydalanish va tuzdonni stol ustidan panaga olib qo‘yish tavsiya etiladi.
Pishirilayotgan taomlar ta’mini yaxshilash uchun turli o‘t va ziravorlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga asosan.