Poytaxtdagi Xalqlar do‘stligi maydoni atrofidagi ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Ploshad Drujbi narodov
Ploshad Drujbi narodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2022
Obuna bo‘lish
Toshkentda duatlon bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tishi sababli qator ko‘chalar ma’lum vaqtga yopiladi.
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. 23-24 aprel kunlari Toshkentning Xalqlar do‘stligi maydoni atrofidagi ko‘chalarda “Duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati-2022” bo‘lib o‘tishi munosabati bilan qator qadar yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.
Shu kunlari soat 06:00 dan 14:30 ga yopiladigan ko‘chalar:
Furqat ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasi va Seul ko‘chasi oralig‘idagi qismi;
Islom Karimov shoh ko‘chasining Furqat va Bunyodkor shoh ko‘chasi oralig‘idagi qismi;
Bunyodkor shoh ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasi va Seul ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
Seul ko‘chasining Bunyodkor shoh ko‘chasi va Furqat ko‘chalari oralig‘idagi qismi.
© Press-slujba xokimiyata TashkentaPerekritie ulis v Tashkente
Perekritie ulis v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2022
Perekritie ulis v Tashkente
Hokimiyat ushbu noqulayliklar uchun uzr so‘rab, haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishni so‘ragan.
Ma’lumot uchun, duatlon sport turi yugurish, velopoyga va qisqa masofaga yugurish bahslarini o‘z ichiga oladi.
Yangiliklar lentasi
0