https://oz.sputniknews.uz/20220421/ozbekistonlik-olimlar-ilk-bor-osyotr-baliqlaridan-qora-ikra-olishdi-24118394.html
O‘zbekistonlik olimlar ilk bor osotr baliqlaridan qora ikra olishdi
O‘zbekistonlik olimlar ilk bor osotr baliqlaridan qora ikra olishdi
Sputnik O‘zbekiston
Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari Rossiyadan olib kelingan osotr baliqlaridan sanoat sharoitida nasl olish texnologiyasini yaratishdi. 21.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-21T12:15+0500
2022-04-21T12:15+0500
2022-04-21T12:29+0500
iqtisod
baliq yog‘i
ikra
baliq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/532/06/5320628_0:159:3077:1890_1920x0_80_0_0_23e43f5c4cbb6ed94dc3f7abffc94523.jpg
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Rossiyadan uvuldiriq paytida olib kelingan osotr baliqlaridan ikra olindi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar bermoqda. O‘zbekistonga baliqning 4 ta yangi turi – osotr, afrika laqqasi, lasos va tilyapiya keltirildi. Ular bugungi kunda mamlakat iqlimiga moslashtirilgan va juda yaxshi natijalar bermoqda.Hozirda Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutida yopiq suv ta’minotiga ega 7 ta havza bor. U yerda institut olimlari osotr baliqlaridan sanoat sharoitida nasl olish texnologiyasini yaratishdi.Osotrlar xonasida 25–28 °C darajada ko‘paytirish va uvildiriq sochish uchun 400 ga yaqin ona baliqlar boqilmoqda.Xabarda aytilishicha, O‘zbekistonning baliqchilik tarmog‘ida so‘nggi besh yilda umumiy qiymati 2,2 trln so‘mlik 1016 ta loyiha amalga oshirilgan. Bu ushbu yilda baliq yetishtirish hajmini 6 barobarga oshirish va 400 ming tonnaga yetkazish imkonini berdi. Yaqin yillarda baliq yetishtirishni 600 ming tonnaga yetkazish kutilmoqda.Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 434-son qarori bilan, baliqchilik xo‘jaliklariga-intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlarining (losos, forel va osotr) har bir kilogrammi uchun 3 000 so‘m qolgan turdagi baliqlar uchun 1 000 so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/532/06/5320628_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_8718f47b975e983d769ad976c22c10e2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, baliq yog‘i, ikra, baliq
iqtisod, baliq yog‘i, ikra, baliq
O‘zbekistonlik olimlar ilk bor osotr baliqlaridan qora ikra olishdi
12:15 21.04.2022 (yangilandi: 12:29 21.04.2022) Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari Rossiyadan olib kelingan osotr baliqlaridan sanoat sharoitida nasl olish texnologiyasini yaratishdi.
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Rossiyadan uvuldiriq paytida olib kelingan osotr baliqlaridan ikra olindi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi
xabar bermoqda.
O‘zbekistonga baliqning 4 ta yangi turi – osotr, afrika laqqasi, lasos va tilyapiya keltirildi. Ular bugungi kunda mamlakat iqlimiga moslashtirilgan va juda yaxshi natijalar bermoqda.
Hozirda Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutida yopiq suv ta’minotiga ega 7 ta havza bor. U yerda institut olimlari osotr baliqlaridan sanoat sharoitida nasl olish texnologiyasini yaratishdi.
“Institutda osotr xonasi bor. Bu yerda asosan osotr ona baliqlari boqiladi. Bu yil birinchi marotaba ulardan ikra olindi va lichinka chiqarildi. Osotr balig‘i 7 yoshida jinsiy voyaga yetadi, vazni 8 kg. Shu yoshidan boshlab ikrasi olinadi”,
deydi Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti laboranti Ahmad G‘ulomov.
Osotrlar xonasida 25–28 °C darajada ko‘paytirish va uvildiriq sochish uchun 400 ga yaqin ona baliqlar boqilmoqda.
Xabarda aytilishicha, O‘zbekistonning baliqchilik tarmog‘ida so‘nggi besh yilda umumiy qiymati 2,2 trln so‘mlik 1016 ta loyiha amalga oshirilgan. Bu ushbu yilda baliq yetishtirish hajmini 6 barobarga oshirish va 400 ming tonnaga yetkazish imkonini berdi. Yaqin yillarda baliq yetishtirishni 600 ming tonnaga yetkazish kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 434-son qarori bilan, baliqchilik xo‘jaliklariga-intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlarining (losos, forel va osotr) har bir kilogrammi uchun 3 000 so‘m qolgan turdagi baliqlar uchun 1 000 so‘m miqdorida subsidiya
ajratiladi.