https://oz.sputniknews.uz/20220421/nabiullina-rossiyada-defolt-bolish-ehtimolini-rad-etdi--24124150.html
Nabiullina Rossiyada defolt bo‘lish ehtimolini rad etdi
Nabiullina Rossiyada defolt bo‘lish ehtimolini rad etdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya o‘zini defolt deb e’lon qilmaydi, chunki o‘z majburiyatlarini bajarish uchun uning resurslar yetarli. 21.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-21T14:45+0500
2022-04-21T14:45+0500
2022-04-21T14:45+0500
rossiya
iqtisod
markaziy bank
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/09/15565228_0:0:2914:1640_1920x0_80_0_0_7b47d061778e6738d0647a8076fce840.jpg
TOShKENT, 21 apr - Sputnik. Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullina Rossiyada defolt bo‘lish xavfini istisno qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda barcha zarur moliyaviy resurslar mavjud. Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqi sanksiyalari “Rossiyaning milliy bankrotligiga” olib kelishi kerak, degan edi. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev der Lyayen xonimga e’tiroz bildirib, YeI umid qilayotgan “Rossiya defolti” Yevropaning defoltiga aylanishi mumkinligini ta’kidladi. Rossiya Xalqlar Do‘stligi universiteti (RUDN) Strategik tadqiqotlar va prognozlar instituti direktorining o‘rinbosari, MGER siyosiy kengashi a’zosi Viktoriya Fedosova RT telekanaliga bergan intervyusida "Rossiyani defolt qilish kampaniyasi"ning maqsadlari Yevropa tomonidan emas, aslida Amerika Qo‘shma Shtatlar tomonidan qo‘yilayotganini aytib o‘tgan edi. Fedosova aytishga ko‘ra, "Rossiya bankrot bo‘lgan taqdirda, bu undan oldinroq Yevropaning bankrotligiga olib keladi". Oq uyning rejasi - Rossiya "qora kunga" saqlab qo‘ygan zahiralaridan foydalanishni boshlashi va oxir oqibat o‘zini defolt deb e’lon qilishi, - dedi mutaxassis.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/09/15565228_213:0:2798:1939_1920x0_80_0_0_ca00587c88d0cb9150987e075bfa36a3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, iqtisod, markaziy bank
rossiya, iqtisod, markaziy bank
Nabiullina Rossiyada defolt bo‘lish ehtimolini rad etdi
Rossiya o‘zini defolt deb e’lon qilmaydi, chunki o‘z majburiyatlarini bajarish uchun uning resurslar yetarli.
TOShKENT, 21 apr - Sputnik. Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullina Rossiyada defolt bo‘lish xavfini istisno qildi. Uning
so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda barcha zarur moliyaviy resurslar mavjud.
“Rossiyada barcha zarur moliyaviy resurslar mavjud, hech qanday defolt bizga tahdid solmaydi”, — dedi Nabiullina Davlat Dumasidagi chiqishida.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqi sanksiyalari “Rossiyaning milliy bankrotligiga” olib kelishi kerak, degan edi.
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev der Lyayen xonimga e’tiroz bildirib, YeI umid qilayotgan “Rossiya defolti” Yevropaning defoltiga aylanishi mumkinligini ta’kidladi.
Rossiya Xalqlar Do‘stligi universiteti (RUDN) Strategik tadqiqotlar va prognozlar instituti direktorining o‘rinbosari, MGER siyosiy kengashi a’zosi Viktoriya Fedosova RT telekanaliga bergan intervyusida "Rossiyani defolt qilish kampaniyasi"ning maqsadlari Yevropa tomonidan emas, aslida Amerika Qo‘shma Shtatlar tomonidan qo‘yilayotganini aytib o‘tgan edi. Fedosova aytishga ko‘ra, "Rossiya bankrot bo‘lgan taqdirda, bu undan oldinroq Yevropaning bankrotligiga olib keladi". Oq uyning rejasi - Rossiya "qora kunga" saqlab qo‘ygan zahiralaridan foydalanishni boshlashi va oxir oqibat o‘zini defolt deb e’lon qilishi, - dedi mutaxassis.