MDH filmlarini oltin to‘plami hamdo‘stlik tillariga dublyaj qilinadi

Otkritie Tashkentskogo mejdunarodnogo kinofestivalya "Jemchujina Shelkovogo puti"
Otkritie Tashkentskogo mejdunarodnogo kinofestivalya Jemchujina Shelkovogo puti  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida ko-produksiya formatidagi kinoloyihalarning eng yirik portfeliga ega mamlakat sifatida e’tirof etildi.
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. MDH filmlarini dublyaj qilishda yagona markazlashtirilgan jamg‘arma tashkil etilishi mumkin. Bu haqida Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning yirik kinostudiyalari rahbarlarining ishchi uchrashuvida ma’lum bo‘ldi.
Yig‘ilishda, MDH yirik kinostudiya rahbarlari filmlarning oltin to‘plamini shakllantirish va yagona axborot bazasini yaratish taklifini ilgari surdi.
Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilari kelgusida xalqaro festivallar va kino kunlarida ishtirok etayotgan filmlarni tarjima qilish va dublyaj ishlari bo‘yicha yagona markazlashtirilgan jamg‘arma tashkil etishni taklif qilishdi.
Aytilishicha, ishtirokchi mamlakatlarning barcha takliflari kinoloyihalarning yagona portfeli ko‘rinishida shakllantiriladi.
Ma’lumot uchun, hamkorlikda suratga olingan qator hujjatli filmlar, jumladan, O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan filmlar Rossiyaning "Kultura", "Mir" va "RTR" telekanallarida namoyish etilgan. Bir nechta yangi badiiy filmlar may-iyun oylarida tomoshabinlar e’tiboriga havola etilishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan 14-Toshkent xalqaro kinofestivali va an’anaga aylangan Jahon kinosi kunlari doirasida MDH mamlakatlarining kinobozorini ham tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.
"Belarusfilm" kinostudiyasi bosh direktori Vladimir Karachevskiy aytishiga ko‘ra, O‘zbekiston kino sanoati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ko-produksiya formatida filmlar suratga olishda boshqa davlatlar uchun o‘rnak bo‘lmoqda.
Bugungi kunda MDH davlatlari orasida O‘zbekiston ana shunday ko-produksiya formatida suratga olingan eng yirik filmlar portfeli ega. Xususan Rossiya bilan bir necha filmar suratga olinmoqda, Ozarbayjon, Tojikiston, Belarus va boshqa davlatlar bilan hamkorlikda ham qator filmlar suratga olingan.
Yangiliklar lentasi
0