NATO Kiyevga eski qurollarini sotmoqda: urush hammasini kechiradimi
20:02 21.04.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023)
© Sputnik / Stringer
/ Obuna bo‘lish
Eskirgan qurollarni Kiyev rejimiga qimmat narxlarda ommaviy yetkazib berish - NATOning Yevropa mamlakatlariga o‘z armiyasini tezroq yangilashga imkon beradi.
AQShning harbiy-sanoat kompleksi yangi buyurtmalardan katta daromad topadi. Ukraina kollektiv G‘arbning “shukuhli lahzalari” uchun o‘n yillab tovon to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Axir lend-liz sovg‘a emas, u – kredit degani. Juda xatarli biznes.
AQSh va NATO Ukrainadagi to‘qnashuvlarning kuchayishi va uzoq davom etishi uchun pul tikmoqda. Vashingtonning Kiyev rejimiga yangi 800 million dollarlik harbiy yordam paketi bilan ta’minlash rejalari (bir hafta avval bo‘lgani kabi), Pentagonning ittifoqchilar qurolli kuchlariga qiruvchi samolyotlar o‘tkazilishi haqidagi bayonoti va Germaniya kanslerining Rossiyani Ukrainada g‘alaba qozonishini oldini olishga chaqirig‘i buni tasdiqlaydi...
Ukraina qo‘mondonligi buni go‘yoki ehtiyot qismlari yoki “konstruktorlar” deya jangovar tayyor qiruvchilarning yetkazib berilgani haqidagi ma’lumotni shoshilinch ravishda rad etdi. Biroq, Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbining bayonoti- bu yerda ortiqcha bo‘ldi. G‘arbning Global Firepower harbiy kuch reytingiga ko‘ra, Rossiya maxsus operatsiyasi boshlanishidan oldin Ukraina harbiy-havo kuchlarida 98 ta zarba beruvchi samolyot va 32 ta harbiy transport samolyoti bo‘lgan.
20 aprel holatiga ko‘ra, Rossiya Havo hujumi mudofaa tizimlari Kiyev rejimining 140 ta samolyotini yo‘q qildi. Ukraina osmonida Ukraina Qurolli Kuchlarining 10 ta meyordan yuqori qiruvchi va hujumchi samolyotlarining paydo bo‘lishini faqat Sharqiy Yevropa mamlakatlarining yetkazib berishi bilan izohlash mumkin. Ehtimol, aerodromlar va uchuvchilar ham ukrainalik emas.
Shu bilan birga Ruminiya Ukrainaga 30-yildan ortiq ishlatib kelingan 10-12 ta MiG-21 Lancer eski qiruvchilarni sotadigan bo‘ldi. Avvalroq Bolgariya, Polsha va Slovakiya Ukraina Qurolli Kuchlariga 70 ta Mig-29 qiruvchilari va sovet davrida ishlab chiqarilgan Su-25 shturmoviklarini o‘ziga foydali narxda sotmoqchi bo‘ldi. Bu uchun AQSh ittifoqchilariga o‘z Harbiy-havo kuchlaridan foydalanishdan chiqarilgan anchayin zamonaviy F-16 samoletlarini yetkazishni va’da qildi.
Kiyev rejimini qurol-yarog‘ bilan ta’minlash orqali NATOning alohida davlatlari haqiqatda Rossiya bilan qurolli mojaro ishtirokchisiga aylanmoqda va tavakkal qilmoqda.
"Alvido, qurol"
Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazilishining oqimi sifat va quvvatdan son ustun bo‘layotganini aniq ko‘rsatapti. “Hamkorlar” saqlash va ishlatish muddati o‘tib bo‘lgan qurol va o‘q-dorilarni yetkazib berapti. Texnologik daraja ham bir navi.
Bloomberg agentligi yetkazib berish tamoyillarini Germaniya misolida tushuntirdi. Germaniya nisbatan zamonaviy tanklarni Sharqiy Yevropa mamlakatlariga o‘tkazayotgan bo‘lsa, Kiyev rejimiga Sovet davridagi zirhli transport vositalarini yubormoqda. Bundan tashqari, Chexiya Ukraina Qurolli Kuchlarining shikastlangan zirhli transport vositalarini Czechoslovak Group korxonasida ta’mirlab berishga rozi bo‘ldi. Albatta, sxema bo‘yicha: tovar - pul.
Kiyev rejimining uzoq jo‘zilgan jon talvasasi NATOning Yevropa mamlakatlariga eski qurollardan tezroq xalos bo‘lishga imkon bersa, Pentagon eskirgan harbiy texnikalarning utilizitsiyasidan tejab qoladi, AQShning harbiy-sanoat kompleksi yangi buyurtmalardan ancha katta daromat topadi. Kiyev NATOning bergan “yordami” va AQSh lend-lizi haqini o‘n yillab to‘laydi (agar Ukraina davlatchiligini saqlab qolsa)
Pentagon 19-aprel kuni Ukrainaga zarba beruvchi samoletlar va ehtiyot qismlari jo‘natilganini ma’lum qildi. Slovakiya hukumati texnik holatining qoniqarsiz ekaniga qaramay, Ukrainaga 11 ta MiG-29AS qiruvchilarini yetkazib berishni muhokama qildi. Ruminiya Ukrainaga “abadiy” MiG-21 Lancer qiruvchilarini sotmoqchi. Ukraina Havo mudofaasi xato qilib mana shunday samoletning bittasini urib tushirgan va Sputnik bu mojarolarning tafsilotlarini tahlil qilgan edi.
Ukraina Qurolli Kuchlari rumin MiG-21larning jangovar salohiyatini nolga baholagan, biroq pul va qurollar oqimini boshqa odamlar boshqaradi. Varshava kelishuvi zamonasining zirhli transportlarining texnologik darajasini avvalroq muhokama qilgan edik.
Kiyev rejimi qurollarning g‘arbcha namunalaridan ham olmoqda va ularni yaqindan ko‘rib chiqish kerak. Masalan, britaniyaliklar Ukraina Qurolli Kuchlarini 1980- yillarning oxirida FV4333 Stormer izli zirhli transport vositasi asosida yaratilgan Starstreak (Stormer Air Defence) zenit-raketa komplekslari bilan kuchaytirmoqchi.
Havo nishonlarini yo‘q qilishning uzoqligi (uchta volfram tayoqchasi ko‘rinishidagi jangovar kallak) - 300 dan 6000 m gacha, 5000 m gacha balandlikda - jangovar sharoitlarda sinovdan o‘tkazilmagan. Taxminlarga ko‘ra, RLS ESD RA-20S radarlari Stormerga dushman qiruvchisini 7000 m masofada kuzatib borishga imkon beradi (elektr-optik tizim yordamida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish).
Raketalar starti nishondan 6000m gacha, uchrashuv nuqtasi - 4000 m masofada (qiruvchi-bombardimonchilar bu qadar past uchmaydi) mumkin. Aslida, Stormer Air Defence - bu PZRK Stingerning zirhli muqobilidir. Ekipaj rus zirhli transport vositalarining 30 mm avtomatik zarbasidan himoyalanmagan, artilleriya snaradlari haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
Norvegiya Mudofaa vazirligi “Ukraina suverenitetini himoya qilish uchun” Ukraina Qurolli Kuchlariga Fransiyada ishlab chiqarilgan yuzga yaqin “Mistral” zenit raketa kompleksini topshirdi. Kompleks pastdan uchuvchi samolyotlar va vertolotlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan. Norvegiya armiyasida “Mistrallar” allaqachon foydalanishdan chiqarilgan.
Norvegiya hukumati Ukrainaga 4000 ta tankga qarshi raketa va bir necha turdagi himoya vositalarini berdi. Shvetsiya, Daniya, Finlyandiya, Niderlandiya, Germaniya va Boltiqbo‘yi mamlakatlari ham Kiyev rejimiga eskirgan qurol va jihozlarni yetkazib bermoqda.
Bu fonda ustuvorlikka ega texnika -“Tochka-U” Sovet OTRKning muqobili, Amerika M142 HIMARS (High Mobility Artillery Rocket System) mobil kompleksning uzoqligi 300 kmgacha. Biroq, raketalarni yetkazib berish hamon savol ostida. Ushbu texnikani o‘zlashtirish qiyin. U rus qo‘shinlarining Ukrainadagi asosiy nishoni. Rossiya infratuzilmasiga Amerika raketalarining gipotetik zarbasi esa Uchinchi Jahon urushi uchun bahona.
Vayron qiluvchi dinamika
“Hamkorlar” Ukraina hududidagi arsenallarni uslubiy (har kuni) yo‘q qilinayotganidan umidsizlikka tushishgan. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, maxsus operatsiya boshlangandan beri Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina Qurolli kuchlari obyektlarida 1700 ga yaqin raketadan foydalangan (kuniga 30 dan ortiq pusk). Ballistik va qanotli raketalar zahiralarining kamayishi haqida aytilmagan.
18 aprel kuni tongda Rossiyaning Lvovdagi harbiy bazalarga raketa hujumi sabab Ukraina Qurolli Kuchlari Amerika, Germaniya va Britaniyaning Javelin, PanzerFaust va NLAW tankga qarshi raketalarining ulkan zahirasidan (o‘nlab tonna) mahrum bo‘ldi. Bu arsenal Ukraina qo‘shinlarining bir oylik faol harbiy harakatlari uchun yetarli bo‘lar edi.
20 aprelga o‘tar kechasi Rossiyaning tezkor-taktik va armiya aviatsiyasi Ukrainaning 73 ta harbiy obyektini, shu jumladan, to‘rtta qo‘mondonlik punkti, 57 ta ishchi kuchi va texnika to‘plangan hudud, yettita tayanch punkti va to‘rtta o‘q-dori omborini yo‘q qildi. Raketa qo‘shinlari va artilleriya Ukraina Qurolli kuchlarining 1053 ta obyektiga hujum qildi.
55 kunlik maxsus operatsiya davomida Rossiya qo‘shinlari 140 ta samolyot, 496 ta uchuvchisiz uchish apparati, 253 ta zenit-raketa tizimlari, 2388 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 256 ta ko‘plab reaktiv zapl o‘t otish moslamalari, 1029 ta maydon artilleriya qurollari, shuningdek, 2232 dona maxsus harbiy texnikani “demilitarizatsiya qildi”.
Natsist Kiyev rejimining utilizatsiyasi davom etmoqda. Rossiya Qurolli Kuchlarining Donbassga yurishi muvaffaqiyatli davom etmoqda.
Boshqa tomondan, AQSh va NATO Ukrainaga yetkazilayotgan qurollarning qayerga ketayotganini bilmaydi. Ukraina Qurolli Kuchlarining katta yo‘qotishlari fonida, negadir, Afrika mamlakatlariga “ortiqcha” qurol eksporti o‘sib bormoqda. Ukraina qonunchiligida urush paytida ham ortiqcha qurollarni sotish uchun asoslar bor va Mudofaa vazirligi sotish uchun 970 sahifali “assortiment” tayyorlagan –tanklar, zirhli mashinalar, avtomatlar, miltiqlar, granatalar va bronjiletlar (ya’ni oldingi qatorga yetmayotgan).
Optimallashtirish uchun Ukraina Bosh shtabi G‘arbiy Ukraina hududiy mudofaasi bo‘linmalarini qurolsizlantirishni - nazorat punktlarida cho‘kib qolgan Javelin, NLAW, Stinger raketa tizimlarini olib chiqishni talab qildi. Bosh shtab ma’lumotlariga ko‘ra, mudofaa tizimi yetkazib berilgan Javelin PTRKlarining 15%, NLAWtizimlarining kamida 25%i va Stinger PZRKning taxminan 10% iga ega.
Biroq, Galitsiyaning qurolsizlanishi natija bermadi, G‘arbiy Ukraina “partizanlari” rahbarlari bunday mulk mavjud emasligini haqida rasman javob berishdi. O‘g‘irlik va qayta sotish - Ukrainaning ko‘plab viloyatlari uchun odatiy bo‘lgan kundalik yumush. Shunday qilib, Ivano-Frankovsk viloyatida “tadbirkorlar” bronjiletlar, kaska va boshqa harbiy texnikalarni sotish sxemasini o‘rnatgan.
Muvaffaqiyatsiz “Ukraina loyihasi” fonida Germaniya kansleri Olaf Sholsning Rossiya armiyasi g‘alabasiga yo‘l qo‘ymaslik haqidagi kechagi chaqirig‘i havoni larzaga solgan. AQSh va NATOning tajovuzkor geosiyosiy istaklari o‘z imkoniyatlariga to‘g‘ri kelmayapti
“Hamkorlar” Rossiya va ko‘p qutbli dunyoni o‘z manfaatlariga moslashtira olmaydi. Va bugungi kunda Plesetsk kosmodromidan eng so‘nggi “Sarmat” MBRning uchirilishi G‘arbga yana bir bor Rossiyaning texnologik va mudofaa ustunligini eslatdi.
“Sarmat” raketasi - dunyodagi eng kuchli raketa bo‘lib, 18 ming kmgacha masofaga ucha oladi, taxminan 10 tonna foydali yuk ko‘tarishga qodir - bu har biri 800 kilotonnalik 10 ta jangovar kallak degani. Rossiya tarixi shuni o‘rgatadiki, tajovuzkor qo‘shnilarining javob berishi va muzokaralari ularning jazosizligi tugagan joyda boshlanadi.