Bu yil qaysi sinf o‘quvchilari imtihon topshirmaydi

© Sputnik / Alexandr Kryazhev / Mediabankka o‘tishUchenitsa v klasse pered nachalom yedinogo gosudarstvennogo ekzamena po informatike v "Obrazovatelnom sentre gimnazii № 6 "Gornostay" v Novosibirske
Uchenitsa v klasse pered nachalom yedinogo gosudarstvennogo ekzamena po informatike v Obrazovatelnom sentre gimnazii № 6 Gornostay v Novosibirske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2022
Obuna bo‘lish
9 va 11 sinf bitiruvchilari qator fanlardan yakuniy nazorat imtihonlarini topshiradilar.
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. 2021/2022 o‘quv yili yakunida 5-6-7-8 va 10-sinflarning bosqichli imtihonlari o‘tkazilmaydi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda XTV axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, maktablardagi darslar 25-may kuni tugaydi va 9- va 11-sinf bitiruvchilari yakuniy nazorat imtihonlarini 26-maydan 15-iyunga qadar topshirishadi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlarini inobatga olgan holda 9-sinf o‘quvchilarining “Jismoniy tarbiya” fanidan yakuniy nazorat imtihonlari 2-7 maydan 11-14 may kunlariga ko‘chiriladi.
9 va 11 sinf bitiruvchilari quyidagi fanlardan yakuniy nazorat imtihonlarini topshiradilar:
9-sinf - ona tili va adabiyot, o‘zbek tili/rus tili, matematika, tarix, jismoniy tarbiya va qo‘shimcha ravishda o‘quvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan bo‘yicha;
11-sinf - ona tili va adabiyot, matematika, chet tili, tarix va va qo‘shimcha ravishda o‘quvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan bo‘yicha.
O‘quvchi o‘zi tanlagan fandan imtihon topshirish uchun bir oy oldin ariza yozadi. Variativ o‘quv rejalari joriy etilgan sinflarda ham huddi shu tartib qo‘llaniladi.
Maxsus sertifikati bor (Davlat test markazi tomonidan beriladigan umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risida davlat sertifikati, chet tili fani bo‘yicha V1 va undan yuqori V2, S1, S2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikat) bitiruvchilar imtihonlardan ozod etiladi.
Ma’lumot uchun, bu yil maktablarni 390 mingdan ortiq o‘quvchi bitiradi. Avvalroq, ushbu bitiruvchilarning 31 foizi hali ham pasport olmagani ma’lum qilingan edi. XTV ota-onalardan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilarining o‘z vaqtida pasport (ID-karta) olishini ta’minlashni so‘ragan.
Yangiliklar lentasi
0