Boeing va Airbusni Rossiya titanisiz qanday kelajak kutmoqda

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishVozobnovlenie aviasoobsheniya mejdu OAE i Rossiyey
Vozobnovlenie aviasoobsheniya mejdu OAE i Rossiyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2022
Obuna bo‘lish
Boeing Rossiya ta’minotisiz ishlab chiqarishni davom ettirishi mumkinligini ma’lum qildi, biroq Airbus okean ortidagi raqibining o‘ylamay qilgan siyosiy harakatini takrorlamoqchi emas.
Yevropa Rossiyani samolyotsiz qoldirmoqchi, biroq qiyin vaziyatga tushishdan xavotirda. Navbatdagi sanksiyalar aviakosmik sohasining asosiy xomashosi bo‘lgan titanga embargo qo‘llashi mumkin. Bu holatda ishlab chiqarishni kamaytirish va nima bo‘lsa, shunda uchishga to‘g‘ri keladi. Boeing kompaniyasi Rossiya ta’minotisiz ishlab chiqarishi mumkinligini ma’lum qildi. Biroq Airbus okean ortidagi raqibining o‘ylamay qilgan siyosiy harakatini takrorlamoqchi emas.

Qayerdan izlash kerak?

Rossiyaning “VSMPO-Avisma” kompaniyasi Boeingning titanga bo‘lgan ehtiyojining uchdan bir qismi, Airbusning 60%gacha bo‘lgan qismini ta’minlaydi va Braziliyaning Embraer talabini deyarli to‘liq qondiradi. Mart oyi boshida Boeing Rossiyadan xaridlarni to‘xtatdi. Tushuntirilishicha, butun dunyo bo‘ylab yetkazib beruvchilar pul yaratilganligi sabab “katta zahiralar” shakllangan.
Biroq, Airbusning Yevropadagi savdo-sotiq bo‘yicha direktori Vouter Van Vershning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya 2023-yilning o‘rtalariga qadar ishlab chiqarishni oshirish niyatida - A320 tor korpusli turi samoletlaridan oyiga kamida 65 ta ishlab chiqarish. Va embargo oqibatlarini hisoblab, yevropaliklar Boeing ga ergashishdan bosh tortdilar.
Airbus Bosh direktori Giyoma Forining so‘zlariga ko‘ra, agar embargo kuchga kirsa, ularning zaxiralari ko‘pga yetmaydi. Shu sababli yevropalik samolet ishlab chiqaruvchi siyosatchilarni sanksiyalardan tiyilishga chaqirdi.
Airbus “VSMPO-Avisma” kompaniyasi bilan 1990-yildan buyon hamkorlik qiladi. Birinchi davrlarda faqat xomashyo sotib olishgan. Keyin qo‘shimcha qiymatga ega metallurgiya yarim tayyor mahsulotlar qo‘shildi. Bu shtamplash va ishlov berishdan keyin to‘liq huquqli mahsulotlardir.
Titan - juda mustahkam va yengil metall. Samolyotning eng muhim qismlari, masalan, qo‘nish moslamalari va shpallar faqat undan tayyorlanadi. Samolyot dvigatellarining lopatalari, disklari va boshqa qismlari issiqqa chidamli titan qotishmalaridan tayyorlanadi.

Muqobili yo‘q

Amerikaning Boeing kompaniyasi boshqa yetkazib beruvchilariga - AQSh, Yaponiya, Xitoy va Qozog‘istonga tayanadi. Yaponiyaning Toho Titanium va Osaka Titanium kompaniyalari - Rossiya “VSMPO-Avisma”dan keyin eng yirik ishlab chiqaruvchilar - allaqachon past startda. Toho Rossiya xomashosining tanqisligi va bekor bo‘lishi fonida ishlab chiqarishni ko‘paytirayotganini xabar qildi. Buyurtmalari 20% ga oshdi.
Biroq yevropaliklar uchun muqobil imkoniyatlar juda cheklangan.
“Masalan, Qozog‘iston va Yaponiyada faqat titan shimgichni va slitoklarni taklif qilishmoqda, lekin prokat emas (titan asosidagi qotishmalardan tayyorlangan yarim tayyor mahsulot. – Tahr.), amerikaliklar va xitoyliklar ham Yevropa samolyotsozlik sanoatining ehtiyojlari talablarini to‘liq qondirishga qodir emas, chunki ular Boeing, Bombardier va boshqalar bilan shartnomalarni bajarishlari kerak”, - deydi sanoat bo‘yicha mustaqil ekspert Leonid Xazanov.
Rossiya titaniga embargo samolyot ishlab chiqaruvchilarga ham, ularning asosiy yetkazib beruvchilariga ham, xususan SpaceX bilan hamkorlik qiluvchi Ispaniyaning Aernnova Aerospace va Airbus hamkori Safran dvigatel ishlab chiqaruvchilariga ta’sir qiladi. Yevropa Ittifoqi aviaquruvchilar shunchaki buyurtmalarni bekor qiladi, korxonalar yuklamalari tushib ketadi, xodimlarni qisqartirishga to‘g‘ri keladi.

Quruq muzokaralar

Kuzatuvchilarning aytishicha, balandparvoz bayonot berayotgan o‘sha Boeing ham oxir-oqibat Rossiya titaniga qaytadi. Moskva hech qanday ssenariy bo‘yicha ziyon ko‘rib qolmaydi.
“Metal omborda tinchgina turadi, u neft yoki gaz emas.Bundan tashqari, harbiy-sanoat kompleksi unga katta talabga ega. Fuqaro aviatsiyasida esa ishlab chiqarish qisqaradi”,- deydi mustaqil aviaekspert Dmitriy Adamidov.
Uning fikricha, Amerika korporatsiyasining qarori aslida umumiy iqtisodiy vaziyat bilan bog‘liq. Samolyotlarga buyurtmalar ancha oldin beriladi va jahon iqtisodiyotida turg‘unlik va muammolar sharoitida Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli alohida talab kutilmaydi. Shuning uchun, hozircha, Boeing haqiqatdan ham zaxiradagilari bilan eplab turadi. Biroq Adamidovning ishonch bildirib aytishicha, vaziyat o‘zgarishi bilan Boeing Rossiya bilan hamkorlikni jimgina tiklab olishiga ishonchi komil.
“Titanga embargo Yevropa aviasanoatini barbod qilishi mumkin. Ehtimol, bu faqat gapdan nariga o‘tmaydi, aks holda Brussel rasmiylari norozilik namoyishlariga chiqadigan, g‘azablangan aviakompaniya xodimlariga duch kelishlari kerak”, - deya ta’kidlaydi Xazanov.
Boshqa tomondan, Rossiya titan sanoati doimo o‘zini boshqa mintaqalar va tarmoqlarga - kemasozlik, atom energetikasi va kimyo sanoatiga yo‘naltira oladi.
Yangiliklar lentasi
0