https://oz.sputniknews.uz/20220421/birinchi-avgustdan-mobil-id-tizimi-joriy-etiladi-24117953.html
Birinchi avgustdan Mobil-ID tizimi joriy etiladi
Birinchi avgustdan Mobil-ID tizimi joriy etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Shaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash DXM yoki notarial idora tomonidan yoxud YaIDXP mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi. 21.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-21T12:00+0500
2022-04-21T12:00+0500
2022-04-21T12:00+0500
jamiyat
mobil-id
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0d/20890461_0:155:3059:1876_1920x0_80_0_0_626e9aad5207f47d81131341d1786409.jpg
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekistonda davlat xizmatlaridan foydalanishda Mobil-ID tizimi joriy etiladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev 20-aprel kuni imzolagan farmonda belgilangan.Mobil-ID tizimi “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi.Shaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash DXM yoki notarial idora tomonidan yoxud YaIDXP mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan o‘tish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli taqdim etiladi. Fuqaroning yuzi raqamli formatda rasmga tushiriladi, elektron shaklda qo‘l barmog‘i izi olinadi va mobil telefon raqami YaIDXPdagi shaxsiy kabinetga bog‘lanadi.Bevosita Markazlar yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilish 2022-yil 31-dekabrgacha to‘lov undirilmasdan, 2023-yil 1-yanvardan BHMning 2 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undirilgan holda amalga oshiriladi.Mobil-ID tizimi foydalanuvchilari elektron raqamli imzoni qo‘llamagan holda barcha davlat xizmatlaridan (bundan moliyaviy xizmatlar mustasno) foydalanishi mumkin. Fuqaroning YaIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladigan barcha xabarnomalar Mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyalangan mobil telefon raqamiga SMS-xabar shaklida yuboriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0d/20890461_293:38:2846:1952_1920x0_80_0_0_083dee5e27c84921f2f930d09172a27c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, mobil-id
Birinchi avgustdan Mobil-ID tizimi joriy etiladi
Shaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash DXM yoki notarial idora tomonidan yoxud YaIDXP mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekistonda davlat xizmatlaridan foydalanishda Mobil-ID tizimi joriy etiladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev 20-aprel kuni imzolagan farmonda
belgilangan. Farmonga ko‘ra, 2022-yil 1-avgustdan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qo‘shimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etiladi.
Mobil-ID tizimi “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi.
Shaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash DXM yoki notarial idora tomonidan yoxud YaIDXP mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.
Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan o‘tish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli taqdim etiladi. Fuqaroning yuzi raqamli formatda rasmga tushiriladi, elektron shaklda qo‘l barmog‘i izi olinadi va mobil telefon raqami YaIDXPdagi shaxsiy kabinetga bog‘lanadi.
Bevosita Markazlar yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilish 2022-yil 31-dekabrgacha to‘lov undirilmasdan, 2023-yil 1-yanvardan BHMning 2 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undirilgan holda amalga oshiriladi.
Mobil-ID tizimi foydalanuvchilari elektron raqamli imzoni qo‘llamagan holda barcha davlat xizmatlaridan (bundan moliyaviy xizmatlar mustasno) foydalanishi mumkin. Fuqaroning YaIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladigan barcha xabarnomalar Mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyalangan mobil telefon raqamiga SMS-xabar shaklida yuboriladi.