https://oz.sputniknews.uz/20220420/yoqolgan-ashyolarni-endi-dxmdan-topish-mumkin-24108991.html
Yo‘qolgan ashyolarni bundan buyon DXMdan topish mumkin
Yo‘qolgan ashyolarni bundan buyon DXMdan topish mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Fuqaro topilmani olishni rad etsa, Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi uni E-auksion savdo maydonchasida auksionga quyadi va sotadi. 20.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-20T19:16+0500
2022-04-20T19:16+0500
2022-04-21T09:36+0500
jamiyat
davlat xizmatlari agentligi (dxa)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/0a/19195161_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_d8aab97dcc2ff09d68201ce0eed442a0.jpg
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Davlat xizmatlari markazlarida “yo‘qolgan ashyolarni topshirish, saqlash va uni qidirish” xizmati ishga tushirildi. Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara O‘rinboyevaning Sputnik muxbiriga xabar berishicha, topilmalarni DXMga topshirish tartibi belgilandi.Endilikda yo‘qolgan buyumni topib olgan shaxs uni istalgan DXMga olib keladi. Markaz xodimi topib olingan buyum xaqida so‘rov to‘ldiradi. “Topilmalar”axborot tizimida ro‘yxatga oladi va reyestrga kiritadi.Agar fuqaro topilmani olishni rad etsa, Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi uni E-auksion savdo maydonchasida auksionga quyadi va sotadi.Ma’lumot uchun, Hukumatning 28-sonli qaroriga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi tizimidagi “Topilmalar stoli” faoliyati tugatildi. Bu xizmat endi davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatilmoqda. Yo‘qolgan ashyoning topilmaganligi haqida ma’lumotnoma berilganligi uchun BHMning 5 foizi (13 500 so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi. YaIDXP orqali murojaat etilganda miqdor 10 800 so‘mni tashkil etadi.Ariza “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan berilganda, to‘lov BHMning 2 foizi (5 400 so‘m) miqdorida undiriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/0a/19195161_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_d9a5f0711eaf3a920cbbc75424134c1d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, davlat xizmatlari agentligi (dxa)
jamiyat, davlat xizmatlari agentligi (dxa)
Yo‘qolgan ashyolarni bundan buyon DXMdan topish mumkin
19:16 20.04.2022 (yangilandi: 09:36 21.04.2022) Fuqaro topilmani olishni rad etsa, Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi uni E-auksion savdo maydonchasida auksionga quyadi va sotadi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Davlat xizmatlari markazlarida “yo‘qolgan ashyolarni topshirish, saqlash va uni qidirish” xizmati ishga tushirildi. Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara O‘rinboyevaning Sputnik muxbiriga xabar berishicha, topilmalarni DXMga topshirish tartibi belgilandi.
Endilikda yo‘qolgan buyumni topib olgan shaxs uni istalgan DXMga olib keladi. Markaz xodimi topib olingan buyum xaqida so‘rov to‘ldiradi. “Topilmalar”axborot tizimida ro‘yxatga oladi va reyestrga kiritadi.
“Deylik telefon topib olindi. Topib olingan buyum seyf yoki maxsus jihozlangan xonada 6 oy davomida saqlanadi. Shu vaqt davomida telefon egasi aniqlansa, telefon egasiga sms xabarnoma yuboriladi. Agarda 6 oy ichida topilmaning egasi aniqlanmasa, u holda buyumga nisbatan mulk huquqi uni topib olgan fuqaroga taklif qilinadi”, deydi Sevara O‘rinboyeva.
Agar fuqaro topilmani olishni rad etsa, Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi uni E-auksion savdo maydonchasida auksionga quyadi va sotadi.
Ma’lumot uchun, Hukumatning 28-sonli qaroriga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi tizimidagi “Topilmalar stoli” faoliyati tugatildi. Bu xizmat endi davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatilmoqda. Yo‘qolgan ashyoning topilmaganligi haqida ma’lumotnoma berilganligi uchun BHMning 5 foizi (13 500 so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi. YaIDXP orqali murojaat etilganda miqdor 10 800 so‘mni tashkil etadi.
Ariza “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan berilganda, to‘lov BHMning 2 foizi (5 400 so‘m) miqdorida
undiriladi.