Rossiya "Sarmat" ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi - video

Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi Plesesk kosmodromidan "Sarmat" qit’alararo ballistik raketasi muvaffaqiyatli uchirilganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 20 apr - Sputnik. Arxangelsk viloyatidagi Plesesk kosmodromidan "Sarmat" - og‘ir qit’alararo ballistik raketasi uchirildi, deb xabar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.
"Uchirish bo‘yicha topshiriqlar to‘liq bajarildi. Konstruktiv xarakteristikalar uning parvozining barcha bosqichlarida tasdiqlangan. Raketaning "o‘quv kallaklari" Kamchatka yarim orolidagi "Kura" poligonidagi "belgilangan" hududga yetib kelgan”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Mudofaa vazirligining aniqlik kiritishicha, bu davlat test dasturida ilk bor amalga oshirilgan sinov. Raketaning istiqbolli namunasi parvoz sinovlari, "uni yaratishda belgilangan sxematik dizayn va texnik yechimlarning to‘g‘riligini baholashga imkon berdi", - deyilgan press-relizda.
Kutilganidek, sinovlar yakunlanganidan so‘ng "Sarmat" strategik raketa qo‘shinlari tarkibiga kiradi. Ushbu komplekslar Krasnoyarsk yaqinidagi Ujursk raketa tarkibidagi bosh polkni jihozlaydi.
"Sarmat" strategik raketa tizimi bo‘lib, u og‘ir toifadagi suyuq yonilg‘ili og‘ir qitalararo ballistik raketa hisoblanadi. Bitta raketaning og‘irligi 200 tonnadan oshadi va uning "foydali" yuk tashish imkoniyati (jangovar kallaklari og‘irligi) 10 tonnadan ortiq. Majmua strategik raketa kuchlari tarkibidagi "Voyevoda" raketalarini almashtiradi.
Yangiliklar lentasi
0