https://oz.sputniknews.uz/20220420/london-sudi-assanjni-aqshga-ekstraditsiya-qilishga-qaror-qildi-24108056.html
London sudi Assanjni AQShga ekstraditsiya qilishga qaror qildi
London sudi Assanjni AQShga ekstraditsiya qilishga qaror qildi
Sputnik O‘zbekiston
Julian Assanj AQSh harbiylari Yaqin Sharqda amalga oshirgan jinoyatlar haqidagi faktlarni internetga tarqatib ularni fosh qilgan edi. 20.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-20T18:28+0500
2022-04-20T18:28+0500
2022-04-20T19:02+0500
dunyoda
london
aqsh
buyuk britaniya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1119/97/11199775_0:391:901:898_1920x0_80_0_0_fe7fabada861b61cf8831588465b81f8.jpg
TOShKENT, 20 apr - Sputnik. Londondagi Vestminster sudi Julian Assanjni AQShga ekstraditsiya qilish haqida qaror chiqardi. Bu haqda WikiLeaksning Tvitterdagi sahifasida xabar berildi. Buyuk Britaniya sudyasi Julian Assanjni 175-yillik qamoq jazosi kutayotgan AQShga ekstraditsiya qilishni buyurdi. Qaror 2-aprel kuni chiqarilgan bo‘lsa-da, bu haqda faqat bugun ma’lum bo‘ldi. Ekstraditsiya masalasi bo‘yicha yakuniy qaror Ichki ishlar vazirligi rahbari Priti Patel tomonidan qabul qilinadi. Assanj himoyasi 18-maygacha o‘z ishini topshirishi kerak. Assanj tarafdorlarining fikricha, ikki yillik sud jarayonlaridan so‘ng uning taqdiri yana siyosiy qaror bilan belgilanadi. WikiLeaks bosh muharriri Kristinn Xrafnssonning aytishicha, Assanj o‘limga hukm qilingan. Eslatib o‘tamiz, WikiLeaks asoschisi Julian Assanj AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy amaliyotlari chog‘idagi amlaga oshirgan noqonuniy xatti-harakatlarini fosh etuvchi materiallari bilan dunyoga mashhur bo‘lgan edi. AQShga Ekstraditsiya qilinishidan qo‘rqib, Assanj 2012-yil iyunidan beri Londondagi Ekvador elchixonasida yashirinib kelayotgan edi. U 2019-yil 11-aprelda AQSh talabiga binoan hibsga olingan, shundan beri u Belmarsh qattiq tartibli qamoqxonada saqlanmoqda. AQSh Assanjni hukumat kompyuterlarini buzish uchun fitna uyushtirganlik va josuslik qonunlarini buzganlikda ayblamoqda. 2019-yilda Buyuk Britaniya Assanjni o‘lim jazosi mavjud mamlakatlarga (jumladan AQShga) ekstraditsiya qilmasligi haqida xabar berilgan edi. Ammo ayblov moddalarida bu ko‘zda tutilmagan: har bir band uchun jurnalist o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin, kompyuterni buzish uchun fitna uyushtirganlik uchun esa eng ko‘p besh yillik qamoq jazosi belgilangan. Barcha muddatlar qo‘shilganda - 175-yil bo‘ladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1119/97/11199775_0:306:901:982_1920x0_80_0_0_4dad243216bb72915a8d49ed67a1d591.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, london, aqsh, buyuk britaniya
dunyoda, london, aqsh, buyuk britaniya
London sudi Assanjni AQShga ekstraditsiya qilishga qaror qildi
18:28 20.04.2022 (yangilandi: 19:02 20.04.2022) Julian Assanj AQSh harbiylari Yaqin Sharqda amalga oshirgan jinoyatlar haqidagi faktlarni internetga tarqatib ularni fosh qilgan edi.
TOShKENT, 20 apr - Sputnik. Londondagi Vestminster sudi Julian Assanjni AQShga ekstraditsiya qilish haqida qaror chiqardi. Bu haqda WikiLeaksning Tvitterdagi sahifasida xabar berildi.
Buyuk Britaniya sudyasi Julian Assanjni 175-yillik qamoq jazosi kutayotgan AQShga ekstraditsiya qilishni buyurdi. Qaror 2-aprel kuni chiqarilgan bo‘lsa-da, bu haqda faqat bugun ma’lum bo‘ldi. Ekstraditsiya masalasi bo‘yicha yakuniy qaror Ichki ishlar vazirligi rahbari Priti Patel tomonidan qabul qilinadi. Assanj himoyasi 18-maygacha o‘z ishini topshirishi kerak.
Assanj tarafdorlarining fikricha, ikki yillik sud jarayonlaridan so‘ng uning taqdiri yana siyosiy qaror bilan belgilanadi. WikiLeaks bosh muharriri Kristinn Xrafnssonning aytishicha, Assanj o‘limga hukm qilingan.
"O‘n olti oy oldin bu sud Assanjning ekstraditsiya qilinishi - bu o‘lim jazosiga teng deb qaror qilgan edi. Endi bu sud o‘lim jazosini tayinlashga qaror qildi", - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, WikiLeaks asoschisi Julian Assanj AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy amaliyotlari chog‘idagi amlaga oshirgan noqonuniy xatti-harakatlarini fosh etuvchi materiallari bilan dunyoga mashhur bo‘lgan edi. AQShga Ekstraditsiya qilinishidan qo‘rqib, Assanj 2012-yil iyunidan beri Londondagi Ekvador elchixonasida yashirinib kelayotgan edi. U 2019-yil 11-aprelda AQSh talabiga binoan hibsga olingan, shundan beri u Belmarsh qattiq tartibli qamoqxonada saqlanmoqda.
AQSh Assanjni hukumat kompyuterlarini buzish uchun fitna uyushtirganlik va josuslik qonunlarini buzganlikda ayblamoqda. 2019-yilda Buyuk Britaniya Assanjni o‘lim jazosi mavjud mamlakatlarga (jumladan AQShga) ekstraditsiya qilmasligi haqida xabar berilgan edi. Ammo ayblov moddalarida bu ko‘zda tutilmagan: har bir band uchun jurnalist o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin, kompyuterni buzish uchun fitna uyushtirganlik uchun esa eng ko‘p besh yillik qamoq jazosi belgilangan. Barcha muddatlar qo‘shilganda - 175-yil bo‘ladi.