G‘arb Rossiyaga qarshi sanksiyalar bilan o‘zini o‘zi jazoladi - Xitoy iqtisodchilari

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishRabochie v Moskve
Rabochie v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2022
Obuna bo‘lish
Hech bir davlat yoki davlatlar guruhi Rossiya nefti va gazining o‘rnini to‘ldira olmaydi. Bug‘doy va o‘g‘it yetishmovchiligi esa - butun dunyoda oziq-ovqat taqchilligiga olib kelishi mumkin.
TOShKENT, 20 apr – Sputnik. Hozir Rossiyaga qarshi rekord darajada sanksiyalar kiritilgan, lekin hukumat tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar mamlakatning sanksiyalar bosimiga dosh bera olishini namoyish qilmoqda.Lekin boshqa davlatlar haqida bunday deb bo‘lmaydi, deb yozmoqda Xitoyning telekanali (CGTN).
Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan beri G‘arb davlatlari Rossiyaga nisbatan misli ko‘rilmagan sanksiyalar, jumladan, banklar, moliya institutlari, yirik davlat korxonalari, amaldorlar va ularning oila a’zolariga nisbatan cheklovlar joriy qilgan. Sanksiyalar deyarli 6000 kishi va 900 dan ortiq tashkilotga taalluqli.
Qo‘shma Shtatlar allaqachon Rossiyadan har qanday neft va gaz importiga taqiq qo‘ygan va Buyuk Britaniya ham 2022-yil oxirigacha Rossiyaning energiya resurslaridan voz kechishga va’da bergan. Nashr eslatishicha, Yevropa Ittifoqi hozir ham xuddi shunday majburiyatni ko‘rib chiqmoqda. Rossiyaga qarshi harakatlarga yirik xalqaro kompaniyalar ham qo‘shildi. Ular orasida McDonalds, Sosa-Sola, Starbucks, Microsoft va boshqalar bor. Biroq, bu choralarning barchasi kerakli natijani bermaydi.
“Mamlakatlarning strategik xulq-atvorini o‘zgartirish haqida gap ketganda, sanksiyalar odatda samarasiz bo‘ladi, - dedi Sharqiy Xitoy Huquqiy Universitetining siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar professori Jozef Gregori Mahone SGTN telekanaliga bergan intervyusida. G‘arb Rossiya iqtisodiyotiga zarba berish qanchalik qattiqroq harakat qilsa, bu boshqa mamlakatlarning iqtisodiyoti va xavfsizligida shunchalik ko‘p aks etadi.”
Rossiyaning o‘zi, ekspertlar fikriga ko‘ra, sanksiyalardan "nisbatan himoyalangan". G‘arb Rossiyaga nisbatan cheklovlarni 2014-yildayoq boshlagan. Keyin chora-tadbirlar energiya, moliya, ilm-fan, mudofaa va harbiy sanoat kabi muhim tarmoqlarda savdo embargolarini o‘z ichiga oldi.
Bularning oqibatida Rossiya o‘zining "Mir" to‘lov tizimini, qishloq xo‘jaligini rivojlantirdi va ko‘plab mahsulotlarni ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘ydi, Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi mamlakatlar bilan - xususan, Lotin Amerikasi bilan savdo aloqalarini o‘rnatdi.
Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasi dollar operatsiyalaridan yevro va yuan kabi boshqa valyutalarga o‘tdi. Bu Moskvaga hozirgi misli ko‘rilmagan sanksiyalar bosimiga dosh berishga imkon beradi.

“Rossiya neftiga qarshi kritilgan sanksiyalar esa, ushbu sanksiyalarni kiritgan tomonning o‘ziga qarshi hamda transport, banklar, chakana savdo va tanker kompaniyalari kabi boshqa soha vakillariga qarshi sanksiyalarga aylandi”, dedi nashrga bergan intervyusida Hang Seng Bank China bosh iqtisodchisi Dan Vang.

Rossiyaning javob sanksiyalari esa G‘arb uchun vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda: 200 dan ortiq turdagi tovarlarni eksport qilishga moratoriy, milliy valyutadagi tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish, kapital oqimini cheklash, G‘arb kompaniyalarining mulkini milliylashtirish ehtimoli Rossiya bozori, shuningdek, transport va logistika taqiqlari.
Bularning barchasi global energiya resurslarining tanqisligiga va neft mahsulotlari narxining keskin oshishiga olib keldi. "Jahon bozorida Rossiya neft xomashosi taqchilligi kuzatilmoqda, hech bir mamlakat yoki hech bir davlatlar guruhi ushbu tanqislikni qoplay olmaydi", - deb ta’kidladi Van.
Neft eksportchilari tashkiloti (OPEK) ham yaqinda Rossiya neft yetkazib berishni to‘xtatsa eng kuchli neft inqirozi sodir bo‘lishi va hech bir yetkazib beruvchi buni qoplay olmasligi haqida ogohlantirgan edi. AQSh inflyatsiyasining yarmiga neft narxi oshishiga to‘g‘ri keldi, dedi Vang.
Neftdan tashqari, G‘arb davlatlari o‘zlarini oziq-ovqat tanqisligi bilan jazoladilar, chunki Rossiya jahon bozorida eng yirik bug‘doy yetkazib beruvchi hisoblanadi. Bundan tashqari, Rossiya o‘g‘itlarning asosiy yetkazib beruvchisi hisoblanadi. Binobarin, sanksiyalar qishloq xo‘jaligi mamlakatlarida g‘alla hosildorligining keskin pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan kumulyativ ta’sirga ega bo‘ladi, dedi iqtisodchi.
Yangiliklar lentasi
0