Donbass va Zaporojyedagi Rossiya hujumi xususiyatlari

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishDim nad zavodom "Azovstal" v Mariupole.
Dim nad zavodom Azovstal v Mariupole. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya qo‘shinlarining Donbassdagi hujumi jadal aviatsiya, raketa va artilleriya zarbalari fonida bo‘lib o‘tmoqda. Zarbalar front va tezkor front orti chuqurliklari, jumladan, UQKning qurol-yarog‘ omborlari va zaxira kuchlariga berilmoqda.
Rossiya maxsus operatsiyasining ikkinchi bosqichi – Donbassdagi ukrain qo‘shinlari guruhlari atrofini o‘rab olish, g‘arb tomondan beriladigan zarbalarning oldini olish uchun Gulyaypole – Pavlograd – Izum bo‘ylab tashqi chiziqni tashkil etish va qurshovdagi Ukraina Qurolli kuchlarining (UQK) 100 ming kishigacha bo‘lgan eng tayyorlangan va jangovar qismini yo‘q qilish.
Donesk va Lugans xalk respublikalari hududidagi kuzatuvchilar 18-apreldan buyon ukrain kuchlari pozitsiyalariga ittifoq qo‘shinlarning ommaviy artilleriya zarbalari berilayotganini qayd etishmoqda. UQKning Nikolayev, Zaporojye, Dnepropetrovsk, Xarkov, Kiyev, Lvovviloyatidagi obyektlariga, texnikalariga va zaxiralariga raketa va aviatsiya zarbalari berilishi operatsiyaning keng ko‘lamini anglatadi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 18-aprel kuni “Donbass uchun jang” boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiyning bayonotlarini jiddiy muhokama qilish kerak emas, chunki u doimo o‘z nuqtayi nazarini o‘zgartiradi. Shunga qaramasdan Rossiya TIV maxsus operatsiyaning ikkinchi bosqichi boshlanganini tasdiqladi.
G‘arblik kuratorlar Kiyev rejimiga UQKni jangovar qodirligini saqlab qolish uchun qo‘shinlarning bir qismini Donbassdan olib chiqib ketishni bir necha marota taklif qilishgandi, biroq Zelenskiy bosh tortdi. “Xalq xizmatchisi” “mustaqil Napoleon” rolida g‘oyat g‘alati bo‘lib ko‘rinadi.
Mariupoldagi ukrain kuchlari tor-mor qilingan, shaxsiy tarkib va zirhli mashinalar katta talofat ko‘rgan. Donbassda UQK guruhlari 15 ming nafargacha yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan jangchilaridan, o‘nlab NATO harbiy maslahatchilari va g‘arbiy qo‘shinlarning katta qismidan ayrilgan. Bu Kiyevning matbuot uchun chop qilinadigan ma’lumotlaridan tashqari. Yo‘qotishlar o‘rnini hech nima bilan bosib bo‘lmaydi. Rossiya Qurolli kuchlarining qudrati va texnik jihatdan ustunligi ukraina qo‘shinlariga faqat yangi “qozonlar” va mag‘lubiyatlarni kafolat beradi.

Kiyevning terrorchilik taktikasi

Samarali qarshi hujum qilish imkoniyatga ega bo‘lmay, UQK va Ukraina milliy gvardiyasi (UMG) Rossiya mintaqalariga chegaradosh Lugansk va Donesk xalq respublikalarining tinch aholi punktlariga mulohazasiz zarbalar taktikasini qo‘llashmoqda.
19 aprel kuni ertalab ukrain tomonidan Belgorod viloyatidagi Golovchino qishlog‘ini artilleriya snaradlari bilan o‘qqa tutishdi. Uch aholi jabrlandi, 30 dan ziyod uy zarar ko‘rdi. Va bu beshinchi shunga o‘xshash “diqqatni chetga tortuvchi” zarbalar. Rossiya subyektlarining beshta chegaradosh tumanlarida 11-apreldan terrorchilik xavfining yuqori darajasi e’lon qilingan.
Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) generaliteti UQK alohida mexanizatsiya qismlari va birlashmalari bilan davlat chegarasini yorib o‘tish va Belgorod, Bransk, Voronej yoki Kursk viloyatlarining aholi punktlarini egallash real, o‘rinli va amalga oshirish mumkin deb hisoblaydi.
Harbiy nuqtayi nazaridan, terrorchilik taktikasi bema’nilik, ammo Ukraina 30-yil G‘arb tomonidan “Rossiyaga qarshi” sifatida shakllandi, boshqa milliy g‘oya yo‘q. Shu uchun Kiyev rejimi uchun Rossiya aholisiga qarshi har qanday provokatsiya va hujum – biologik yoki yadro qurolini qo‘llashgacha – o‘rinli. Buning ortidan Rossiya qo‘shinlarining Xerson viloyatida UXX qo‘poruvchilari bilan faol jangi pastoral, BMT rahbarining pozitsiyasi esa paradoksal bo‘lib ko‘rinadi.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Lvov, Dnepropetrovsk, Xarkov i Nikolayevga berilgan zarbalar, “tinch aholi o‘rtasidagi ko‘plab qurbonlar va vayron bo‘lishdan” o‘ta xavotirda. “Qamal qilingan Mariupoldagi dashhatga soluvchi gumanitar vaziyatdan” g‘oyat tashvishda.
Qayd etish joizki, 2016-yildan buyon BMT bosh kotibi Guterrishni Donbassdagi qonli fuqarolar urushi unchalik tashvishga solmagandi. Intervyularidan biri degandiki: “Men hech qachon biror bir tomon siyosiy maqsadlar uchun manipulatsiya qilishi mumkin bo‘lgan kishilardan bo‘lmaganman... BMT bosh kotibi bu lavozimni dunyoga xizmat qilish, uning ustavini hurmat qilish va ayrimlarning boshqalarga qarshi bo‘lishiga vosita bo‘lmaslik uchun egallaydi”. Aslida shundaymi?
Suriya BMTga Amerika koalitsiyasining harbiy jinoyatlari to‘g‘risida maktub yo‘lladi. AQSh boshchiligi ostida noqonuniy xalqaro koalitsiya kuchlari 2017-yil iyunidan oktabrigacha Rakka shahrini yer yuzidan deyarli yo‘q qilib yuborishdi, lekin dunyo Guterrishning tashvishi haqida hech nimani bilmadi. Pentagonning Ukrainadagi o‘ttiztacha biolaboratiriyalari ham BMT bosh kotibida tashvish uyg‘otmadi.
G‘arb yetakchilari va rahbarlarining subyektiv va bir yoqlama baholariga qaramasdan, Rossiya Qurolli kuchlarining maxsus operatsiyasi barcha qo‘yilgan maqsadlarga erishish bilan yakunlanadi. Rossiya prezidenti ma’muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko dediki, Rossiya natsizm dunyoning hech bir yerida hech qachon bosh ko‘tara olmasligi uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qiladi. Ukraina davlatchiligini saqlab qoladi, u hech qachon “Rossiyaga qarshi” loyihasi uchun zamin bo‘lmaydi.
Rossiya tezkor-taktik va armiya aviatsiyasi dushmanning 60 ta harbiy obyektlariga, jumladan, uchta jangovar boshqarish punkti va "Tochka-U" qismlariga saqlanadigan ikkita omborlarga zarba berildi. Qolaversa, raketa qo‘shinlari va artilleriya UQKning 1260 ta obyektlari, jumladan, Nikolayev, Kirovsk tumanlaridagi 25 ta boshqaruv punktlarini, Voskresensk yaqinidagi 2 ta raketa-artilleriya quroli ombonini, ikki “Buk-I1” zenit-raketa majumalari va dushmanning 1200 tadan ziyod to‘planish joylarini yakson qilishdi.
Rossiya mudofaa hujumiga qarshi vositalari Donesk viloyatida yana bir Ukrainaning Mig-29 ni urib tushirishdi. Maxsus operatsiya davomida UQKning 140 samolyotlari yo‘q qilingan. Vashingtonning ukraincha loyihasi so‘nggi kunlarini ko‘rmoqda. AQSh va NATO sakkiz yil davomida Kiyevning millatchi rejimini qurollantirgan va jihozlagan deyarli hamma narsa yanchib tashlandi.
“Reuters” agentligi yozadiki, Rossiya G‘arbning yangi sanksiyalari va g‘azabiga qaramay Ukrainada hali uzoq jangovar harakatlarni olib borishga qodir. Mamlakatning yuqori texnologiyali mudofaa salohiyati va rus xalqining “oliyjanob achchig‘i” yana bir bor Yevropani fashizmdan qutqaradi. Rossiya maxsus operatsiyasining adolatli xulqi dunyo mamlakatlarining katta qismi Rossiyaga qarshi sanksiya kiritmaganligi bilan tasdiqlanadi.

Mavzuga oid:

AQSh va Polshaning Kaliningrad yaqinidagi chalg‘ituvchi manyovrlari
Mariupoldagi birinchi ming nafar asir – UQK to‘liq tor-mor etilishining boshlanishi
Donbass uchun hal qiluvchi jang
Yangiliklar lentasi
0