Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Detoks dasturlar foydalimi - parhezshunos javobi

© Depositphotos / SimplyBol v jivote
Bol v jivote - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2022
Obuna bo‘lish
Detoks shubhali amaliyot, chunki och qolish va ozuqaviy qo‘shimchalarni qabul qilish orqali organizmning aynan nimadan “tozalanish”i aniq emas - shifokor.
Bahorning issiq vaqti va yozning boshlanishi arafasida Internetda tanani qanday detoksifikatsiya qilish yoki tozalash bo‘yicha ko‘plab maslahatlar va ko‘rsatmalar paydo bo‘ladi.
Detoksning mohiyati organlar va to‘qimalarni toksinlar va qishda ularda to‘plangan “shlaklar” dan “tozalash” deya ko‘rsatiladi. Bu amaliyotga juda ehtiyotkor bo‘lish kerak, deydi tibbiyot fanlari doktori, parhezshunos Aleksey Kovalkov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, detoks shubhali amaliyot, chunki och qolish va ozuqaviy qo‘shimchalarni qabul qilish orqali organizmning aynan nimadan “tozalanish”i aniq emas.
“Detoks haqida gap ketsa, u bilan “tanani tozalash” so‘zi yonma-yon keladi. Ba’zi odamlar menga “tanani tozalash” haqida gapirganda, men ularga aynan nimadan tozalashini so‘rayman. Ya’ni, men odamlardan shunchaki shartli shlaklar va toksinlarni emas, balki tanani aniq "tozalashimiz" kerak bo‘lgan biokimoviy formulani aytishni so‘rayman. Jigar o‘z-o‘zidan bardosh bera olmaydigan modda bo‘lmasa kerak”, - deydi Aleksey Kovalkov Sputnik radiosiga bergan intervusida.
Parhezshunosning aytishicha, organizmni tozalashga bo‘lgan urinishlar xatarli bo‘lishi mumkin.
“Organizmni toksinlar va shlaklar deb ataladigan narsadan tozalashga urinish jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Siz tanangizda qanday murakkab kasalliklar borligini va ular qanday davom etishini bilmaysiz. Bunday vaziyatda detoks yurakning to‘xtab qolishiga, jigar faoliyatining buzilishiga, va gormonal nomutanosiblik, xullas har qanday oqibatga olib kelishi mumkin”, - deya ogohlantiradi shifokor.
Yangiliklar lentasi
0