Bu yil Namanganda xalqaro gullar festivali qanday o‘tadi?

© Ramiz BaxtiyarovYubileyniy festival svetov v Namangane
Yubileyniy festival svetov v Namangane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2022
Obuna bo‘lish
Ayni paytda 1 mln 800 ming tupdan ortiq nihollarni ko‘chalarga va xiyobonlarga ekish ko‘zda tutilgan. Oldingi gullar festivalidan farqli o‘laroq, bu galgi festivalda rang-baranglikka ko‘proq e’tibor qaratiladi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. 23-31 may kunlari Namanganda an’anaviy 61-xalqaro gullar festivali bo‘lib o‘tadi. Hozirda viloyatda tadbirga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Bu haqda "Dunyo" AA xabar bermoqda.
Festivalga kelganlar bir birini takrorlamaydigan lanshaft dizaynlarni tomosha qilishlari mumkin. Soha xodimlarining ta’kidlashicha, bu yil mavsum uchun 20 turdan ortiq gul nihollarini ekish rejalashtirilgan. Ayni paytda 1 mln 800 ming tupdan ortiq nihollarni ko‘chalarga va xiyobonlarga ekish ko‘zda tutilgan.
“Oldingi gullar festivalidan farqli o‘laroq, bir xillikdan yiroqlashib, rang baranglikka ko‘proq etibor qaratamiz”, - deyiladi xabarda.
An’anaga binoan, festival turli xil gullar bilan bezatilgan avtomobillarning keng qamrovli paradi bilan ochiladi.
Festivalga kelganlar faqat gullarnigina tomosha qilmaydi. Ular uchun viloyatda o‘tkazilayotgan moda haftaligi doirasida Farg‘ona vodiysi modelyerlarining ko‘rgazmalari, turli konsert dasturlari, shuningdek, milliy maqomchilar ansambllari va raqs jamoalari chiqishlari, viloyat musiqali drama teatri va yosh sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, dorbozlar shousi, taniqli parasport ustalarining mahorat saboqlari namoyish etiladi.
Namangan shahridagi "Afsonalar vodiysi" istirohat bog‘ida viloyatdagi ixtisoslashtirilgan san’at maktablari o‘quvchilari, "Maqom" ansambli konsert dasturlarini namoyish etishadi.
Shu bog‘ning o‘zida festival yakuni bo‘yicha "Gul bayrami" g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
"Namangan Flowers-2019": Namanganda misli ko‘rilmagan gullar paradi o‘tkaziladi
Namangandagi gullar bayrami 1961-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. O‘tgan yili festivalda 150 nafar gulchilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor, shuningdek, 300 dan ortiq havaskor gulchilar ishtirok etib, festival tarixida ilk bor 10 million tup gul ko‘chatlari ekilgan edi. Shuningek, festival o‘tadigan Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘ida 3 mlrd 300 mln so‘mlik qurilish-montaj, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0