https://oz.sputniknews.uz/20220420/akt-vazirligi-yandekstaksiga-toshkent-it-parki-rezidenti-bolishni-taklif-qildi-24096260.html
AKT vazirligi "Yandeks.Taksi"ga Toshkent IT-parki rezidenti bo‘lishni taklif qildi
AKT vazirligi "Yandeks.Taksi"ga Toshkent IT-parki rezidenti bo‘lishni taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
AKT vazirligi va Yandeks taksi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanini ma’lum qildi. 20.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-20T13:33+0500
2022-04-20T13:33+0500
2022-04-20T13:33+0500
iqtisod
taksi
axborot texnologiyalari (it)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1b/15873898_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_68aa41c718765e451a2f356006d9a186.jpg
TOShKENT, 19 apr – Sputnik. O‘zbekiston hukumati "Yandeks.Taksi"ga Toshkentdagi IT-parkning rezidenti bo‘lishni taklif qildi, deb xabar qildi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.Xabarda aytilishiga ko‘ra, AKT vaziri Sherzod Shermatov va "Yandeks.Taksi" kompaniyasining MDH davlatlari bo‘yicha boshqaruvchi direktori Kirill Svinsov bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilgan. Shermatov O‘zbekistonda "Yandeks.Taksi" faoliyati kengayayotgani, boshqa viloyat markazlarida ham ushbu xizmat keng joriy etilayotganini qayd etdi. Tomonlar, shuningdek, hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Eslatib o‘tamiz, "Yandeks.Taksi" O‘zbekistonda 2018-yilning aprel oyidan boshlab ishlamoqda. Bugungi kunda kompaniya Toshkent shahrida va yana bir necha viloyat markazlarida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. “Toshkent IT-parki” biroz oldin ishga tushgan bo‘lib, u yerda xorijiy IT kompaniyalar va IT-mutaxassislarini ro‘yxatdan o‘tkazish, ofis ochish, ishga yollash xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Maqsad - IT sohasiga xorijiy kompaniya va mutaxassislarni jalb qilish, ularning moslashish va ishga joylashishda yordam berish. IT-parki matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yil boshidan buyon 3000 dan ortiq xorijlik ushbu dasturdan foydalangan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1b/15873898_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_89016535523dadaee5454f0de8a6d2a1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, taksi, axborot texnologiyalari (it)
iqtisod, taksi, axborot texnologiyalari (it)
AKT vazirligi "Yandeks.Taksi"ga Toshkent IT-parki rezidenti bo‘lishni taklif qildi
AKT vazirligi va Yandeks taksi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
TOShKENT, 19 apr – Sputnik. O‘zbekiston hukumati "Yandeks.Taksi"ga Toshkentdagi IT-parkning rezidenti bo‘lishni taklif qildi, deb xabar qildi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, AKT vaziri Sherzod Shermatov va "Yandeks.Taksi" kompaniyasining MDH davlatlari bo‘yicha boshqaruvchi direktori Kirill Svinsov bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.
"Bugungi kunda kompaniya O‘zbekiston bozorida faollashib, fuqarolarga qulaylik yaratmoqda. AKT vaziri kompaniyaga IT-park rezidenti maqomini olish taklifini ilgari surdi", — deyiladi vazirlikning Telegram-kanaldagi xabarida.
Shermatov O‘zbekistonda "Yandeks.Taksi" faoliyati kengayayotgani, boshqa viloyat markazlarida ham ushbu xizmat keng joriy etilayotganini qayd etdi.
Tomonlar, shuningdek, hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Eslatib o‘tamiz, "Yandeks.Taksi" O‘zbekistonda 2018-yilning aprel oyidan boshlab ishlamoqda. Bugungi kunda kompaniya Toshkent shahrida va yana bir necha viloyat markazlarida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.
“Toshkent IT-parki” biroz oldin ishga tushgan bo‘lib, u yerda xorijiy IT kompaniyalar va IT-mutaxassislarini ro‘yxatdan o‘tkazish, ofis ochish, ishga yollash xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Maqsad - IT sohasiga xorijiy kompaniya va mutaxassislarni jalb qilish, ularning moslashish va ishga joylashishda yordam berish. IT-parki matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yil boshidan buyon 3000 dan ortiq xorijlik ushbu dasturdan foydalangan.