https://oz.sputniknews.uz/20220419/xtv-id-karta-olmagan-maktab-bitiruvchilariga-murojaat-qildi-24077766.html
XTV ID karta olmagan maktab bitiruvchilariga murojaat qildi
XTV ID karta olmagan maktab bitiruvchilariga murojaat qildi
Sputnik O‘zbekiston
Bugungi kunda 16 yoshga to‘lgan 122 mingdan ortiq bitiruvchilar (31%) pasport olmagan. 19.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-19T16:44+0500
2022-04-19T16:44+0500
2022-04-19T16:44+0500
jamiyat
xalq ta’limi vazirligi (xtv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/10/14549315_0:191:2961:1857_1920x0_80_0_0_a0876176d0af43e6b118ec8cf921a924.jpg
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Joriy o‘quv yilida maktablarni 390 mingdan ortiq o‘quvchilar bitiradi. Bugungi kunda 16 yoshga to‘lgan 122 mingdan ortiq bitiruvchilar (31%) pasport olmagan. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi (XTV) xabar bermoqda. Vazirlik ota-onalardan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilarining o‘z vaqtida pasport (ID-karta) olishini ta’minlashni so‘ragan. Maktab ma’muriyatlari esa bitiruvchilarning pasport ma’lumotlarini attestat.uzedu.uz saytiga kiritib boradi.Oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarning hujjatlari Davlat test markazining abitur.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami – JShShIR) kiritish talab etiladi. Shu bois 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilar o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishlari zarur.Ma’lumot uchun, 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilar pasport olishlari uchun Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga murojaat etishlari mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/10/14549315_115:0:2846:2048_1920x0_80_0_0_047f9dbdbfa8da259557dfaa851303dd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, xalq ta’limi vazirligi (xtv)
jamiyat, xalq ta’limi vazirligi (xtv)
XTV ID karta olmagan maktab bitiruvchilariga murojaat qildi
Bugungi kunda 16 yoshga to‘lgan 122 mingdan ortiq bitiruvchilar (31%) pasport olmagan.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Joriy o‘quv yilida maktablarni 390 mingdan ortiq o‘quvchilar bitiradi. Bugungi kunda 16 yoshga to‘lgan 122 mingdan ortiq bitiruvchilar (31%) pasport olmagan. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi (XTV)
xabar bermoqda. Vazirlik ota-onalardan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilarining o‘z vaqtida pasport (ID-karta) olishini ta’minlashni so‘ragan. Maktab ma’muriyatlari esa bitiruvchilarning pasport ma’lumotlarini
attestat.uzedu.uz saytiga kiritib boradi.
Oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarning hujjatlari Davlat test markazining
abitur.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami – JShShIR) kiritish talab etiladi. Shu bois 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilar o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishlari zarur.
Ma’lumot uchun, 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilar pasport olishlari uchun Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga murojaat etishlari mumkin.